Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Bekzod Qodirqulov: “Andijon” haqida fikr bildirmayman, chunki jamoamdagi muammolar yetarli”

Bekzod Qodirqulov: “Andijon” haqida fikr bildirmayman, chunki jamoamdagi muammolar yetarli”

Baho:
+ | -

Bugun pro liganing 2-turida “Andijon” klubi o‘z uyida “Yangiyer-Quruvchi”ni qabul qilib 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdan keyin odatdagidek matbuot anjumani tashkil etildi. Uning birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov ishtirok etdi.

- Kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi, bu oldindan ma’lum edi. Ob-havo noqulay keldi, ammo buni bahona qilib bo‘lmaydi. O‘zimizni xatolarimiz tufayli mag‘lubiyatga uchradik. Buning uchun muxlislarimizdan uzr so‘raymiz. “Andijon” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ko‘proq kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Mazmunli, sifatli o‘yin bo‘lmadi, deb o‘ylayman, - dedi Qodirqulov.

- Jamoa oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa qanday?

- Asosiy vazifa har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Xoh uyda, xoh safarda bo‘lsin yutmoqchimiz.

- Superligaga chiqish maqsadi bormi?

- Oliy maqsad har doim bor. Maqsad bo‘lmasa, hayot ham bo‘lmaydi. Superligaga chiqishni niyat qilganmiz.

- Ikkinchi bo‘limda Siroj Meliyevni orqaroqqa olinishiga sabab nima?

- Hujumkor yarim himoyachi – Jahongir Abdusalomovni maydonga tushirdik. Orqaga olinmadi. Bizga hujum bo‘lganida orqaroqqa o‘tib yordam berishiga ko‘rsatma bergandik.

- Tajribali himoyachi Abduqahhor Hojiakbarov nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushmayapti?

- Uni jarohati bor. Jamoamizga qo‘shilganida jarohati bor edi. Asta-sekin tiklanyapti va optimal formaga kirib boryapti. Albatta, bizga yordam beradi. Tajribasiga shubha yo‘q.

- Bugun maydonda “Andijon” jamoasining o‘yini sizga qanday ko‘rindi?

- Raqib haqida biror-bir fikr bildira olmayman. O‘z klubim haqida gapiradigan bo‘lsam, ikkinchi bo‘limda ko‘proq hujumda faol bo‘ldik. Aynan hujumchilarimiz yaxshiroq o‘ynashni boshlashgach, imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Xuddi shu narsani birinchi taymda ham bajarishimiz kerak edi. Ko‘rsatma shunday edi. “Andijon” haqida esa gapira olmayman. Chunki o‘z jamoamdagi muammolar o‘zimizga yetarli.

Kiritildi: 21:07, 13.03.2022.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.