Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Osiyo taekvondo federasiyasi prezidenti kubogi: Rashitov chempion va yana uchta medal!

Osiyo taekvondo federasiyasi prezidenti kubogi: Rashitov chempion va yana uchta medal!

Baho:
+ | -

Tehron shahrida “Osiyo taekvondo federasiyasi prezidenti kubogi” musobaqasi yakuniga yetdi. So‘nggi kunda 8 nafar taekvondochimiz dayanga chiqib, ularning yarmi shohsupaga ko‘tarildi.

-68 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov finalga boshqa bir hamyurtimiz Diyor Tuxliboyev bilan yetib keldi. Biroq bu jang o‘tkazilmadi va Rashitov oltin, Tuxliboyev kumush medali sohibiga aylandi. Xuddi shu vaznda o‘zbekistonlik Najmiddin Qosimxojiyev bronza medaliga ega bo‘ldi.

-80 kg vazn toifasida Shuhrat Salayev yarim finalda eronlik taekvondochiga yutqazdi va bronza medal bilan cheklandi. Bugun shuningdek Otabek Turg‘anbekov, Doniyor Mahkamov, Sardor Toirov va Shohruh Rajabov ham musobaqada ishtirok etishdi.

Shu tariqa terma jamoamiz mazkur musobaqada 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:07, 13.03.2022.
O'qildi: 1170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик