Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev:«Ertaga guruh bosqichiga o‘tish ishtiyoqida maydonga tushamiz»

Ro‘ziqul Berdiyev:«Ertaga guruh bosqichiga o‘tish ishtiyoqida maydonga tushamiz»

Baho:
+ | -

Bugun Abu Dabidagi «Baniyas» o‘yingohida ertangi bellashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi.

Dastlab ertangi bellashuv haqida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

- “Assalomu alaykum barchaga. Avvalambor bizni iliq kutib olishgani uchun «Baniyas» jamoasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ertangi bellashuv haqida gapiradigan bo‘lsam, jamoalar kerakli natija uchun kurashadi. «Baniyas» jamoasini o‘rganganimizda shunga amin bo‘ldiki, jamoa jiddiy va yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega.

- «Baniyas» jamoasi ishtirokidagi bir nechta o‘yinlarni ko‘rib chiqdik. Ularni o‘yin uslubi bizga yoqdi. Lekin «Nasaf» ko‘rsatayotgan futbol ham ko‘plab muxlislarga yoqadi. Ertangi bellashuvda kerakli natijani qo‘lga kiritish uchun sifatli bellashuv guvohi bo‘lamiz. Ertangi bahsda biz musobaqani guruh bosqichi davom ettirish ishtiyoqida maydonga tushamiz.

- «Baniyas» jamoasi haqida nimalarni bilasiz? Ertangi bellashuvda qaysi futbolchilar maydonga tusha olmaydi?

- «Baniyas» jamoasining oxirgi bellashuvlarini biz ko‘rdik. Ular yaxshi natijaga erishishmoqda. Ular o‘tgan mavsumda o‘z chempionatining ikkinchi o‘rinini qo‘lga kiritib, OCHL pley-off bosqichiga yo‘llanmaga ega chiqishgan. Umuman olganda jamoaning o‘yini ham maydondagi futbolchilarning o‘yin sifati ham yaxshi.

- Bizga ertangi o‘yinda faqat G‘olib G‘aybullayev yordam bera olmaydi. Qolgan futbolchilarning barchasi ertangi bellashuvga tayyor.

Akmal Mozgovoy: “Ertangi bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. «Baniyas» jamoasini yaxshi o‘rgandik. Ular safida yaxshi futbolchilar harakat qilishadi. Biz ertangi bellashuvda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Faqat g‘alaba uchun”

- «Baniyas» jamoasining qaysi chiziqlari kuchsiz deb hisoblaysiz?

- Bu haqida gapirish noo‘rin deb bilaman. Biz bu jamoaning kuchli va kuchsiz taraflarini o‘rganib chiqdik. Lekin bu haqida bu yerda muhokama qilmoqchi emasman. Biz bu jamoa ishtirokidagi bir nechta o‘yinni ko‘rdik va bu haqida o‘z xulosamizga egamiz.

Manba: "Насаф" матбуот хизмати
Kiritildi: 16:34, 14.03.2022.
O'qildi: 3107 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.