Buyuk Britaniya jurnalisti Pirs Morgan «MYU» hamda «Tottenxem» bahsidan keyin Ronaldu bilan bog‘langan. U bu haqida shunday yozadi:
«Men bugun unga o‘yindan keyingi taassurotlari va nega «gol mashinasi» ekanini tushuntirib berishini so‘rab xabar yo‘lladim. U esa shunday dedi: 'Menga bu uchun uchta so‘z zarur. Men zo‘rlarning zo‘riman, myen tanhoman!'. Keyin u yozgan xabarining ortidan menga kulgan stikerni jo‘natdi. Men uning kulayotganini hatto telefonimdan eshitib turardim».