Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Simeone "MYU"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda oldinga fikrlarini bildirdi

Simeone "MYU"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda oldinga fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Diyego Simeone «Atletiko»ning YECHL doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinidan oldingi fikrlarini bildirdi.

15 mart kuni tunda jamoalar Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob o‘yinini o‘tkazishadi. Birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan.

«Manchester Yunayted» futbolchilari va o‘zimizning futbolchilarimizning sifatini inobatga oladigan bo‘lsak, o‘yin qiziqarli va ikkala jamoada ham imkoniyatlar bo‘lishi kerak. Biz yuqori pressingni amalga oshiramiz va bu klassik o‘yin bo‘ladi.

Ba’zida jamoalarning o‘z maydonida boshi aylanib qoladi va biz imkoniyatdan foydalanib, qarshi hujumga o‘tishimiz va ularning xatolari uchun tovon to‘llattirishimiz mumkin.

Shu o‘n yil davomida bizni kerakli natijalarga olib boradigan yo‘lni topdik. Biz bilamizki, har bir o‘yin o‘zgacha hikoyadir, ammo biz Angliyada yaxshi o‘ynadik. Biz raqiblar nimaga qodirligini, ular qanchalik jiddiy ekanini bilamiz, ammo biz g‘alaba qozonish uchun hamma narsani qilishimizga ishonchim komil”, - dedi «Atletiko» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 01:17, 15.03.2022.
O'qildi: 2526 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик