Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Manchester Yunayted» «Old Trafford» buzib tashlab, uning o‘rnida yangi stadion qurishi mumkin

«Manchester Yunayted» «Old Trafford» buzib tashlab, uning o‘rnida yangi stadion qurishi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yangi stadion qurish uchun o‘z arenasini buzishi mumkin. Klub xo‘jayinlari o‘yingohni qayta ta’mirlash uchun ushbu variantni ham ko‘rib chiqmoqda.

The Telegraph’ning xabar qilishicha, mankunianliklar tez orada ta’mirlash ishlariga mas’ul bo‘ladigan kompaniyani tanlaydi.

Stadionni ta’mirlash uchun ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri — 1910 yilda qurilgan, 74 ming tomoshabin sig‘imiga ega «Old Trafford»ni to‘liq buzib tashlash bo‘lib turibdi. Uning o‘rnida «Manchester Yunayted» 90 ming tomoshabin sig‘adigan yangi stadion qurmoqchi. Undan tashqari maydon atrofida ayollar futboli va akademiya uchun kichik stadionlar ham bo‘ladi.

Manchesterliklar bir vaqtning o‘zida ta’mirlash uchun boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida janubiy tribunani kengaytirish va stadion sig‘imini 80 ming tomoshabinga yetkazish yoki hech qanday buzishlarsiz arenani ta’mirlash variantlari mavjud.

Ma’lumot uchun, «Old Trafford» 1910 yildan buyon «Manchester Yunayted»ning uy stadioni hisoblanadi. Faqatgina Ikkinchi jahon urushida bombardimon qilinganligi sababli 1941—1949 yillarda mankunianliklar u yerda o‘yin o‘tkazmagan. Bu vaqt davomida «qizil iblislar» «Manchester Siti»ga qarashli «Meyn Roud» stadionidan foydalanishga majbur bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:43, 15.03.2022.
O'qildi: 3213 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик