Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Nasaf» OCHL guruh bosqichiga, «So‘g‘diyona» OFK kubogiga yo‘l oldi

«Nasaf» OCHL guruh bosqichiga, «So‘g‘diyona» OFK kubogiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

«Nasaf» Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqichidan o‘rin olgan yagona bahsni Birlashgan Arab Amirliklarining «Baniyas» klubiga qarshi o‘tkazib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari himoyada ishonchli harakat qilish bilan birgalikda, kerakli paytda to‘pni yaxshi nazorat qilib, samarali hujumlar tashkil etishdi. Shunday hujumlardan biri 27-daqiqada samara berdi. Solovyov o‘ng qanotdan chiroyli uzatma bilan chap qanotdan jarima maydoniga kirgan Nasrullayevni to‘p bilan ta’minladi. Sherzod esa to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda qarshiliklarning harakatlari yanada ishonchliroq chiqdi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida vakillarimiz hisobdagi farqni ikkitaga oshirishdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Aliqulov bosh bilan raqib darvozasi oldiga uzatdi. Bahrom Abdurahimov to‘pni to‘xtatgan bo‘lsa, Norchayev darvozani zabt etdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Nasaf" uchinchi golni urishi shart edi. Mozgovoyning uzatmasidan keyin Semir Smaylagich yaqin masofadan gol ura olmadi — darvozabon to‘pni qaytarib qoldi.

Shu tariqa, "Nasaf" Osiyo chempionlar ligasi "E" guruhidan o‘rin oldi. "So‘g‘diyona" esa OFK kubogi musobaqasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

OCHL, saralash
"BANIYAS" (BAA) - "NASAF" (O‘zbekiston) - 0:2 (0:1)
Gollar: Sherzod Nasrullayev (27, assist — Solovyov), Husayn Norchayev (75, assist — Abdurahimov)
Ogohlantirishlar: Favaz Avana (69), Xolid al-Hashmiy (86) — Akmal Mozgovoy (34)
"Baniyas": Fahad al-Danhaniy, Hamis Solih, Ivkovich, Xolid al-Hashmiy, Husayn Abbos, Suhayl an-Nuubiy, Alvares Suares, Favas Avana, Eysa al-Maazmiy (Ahmad Rabiya 66), Ximenes, Muhammad Rashid (Ahmad Abunamus 75).
"Nasaf": Umidjon Ergashev, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov (Bahrom Abdurahimov 68), Dilshod Saitov, Ivan Solovyov (Suhrob Nurulloyev 60), Husayn Norchayev (Semir Smaylagich 90+1), Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov (Alibek Davronov 90+1), Darko Stanoyevich, Umarbek Eshmurodov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:17, 15.03.2022.
O'qildi: 3905 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик