"Lasio" darvozaboni o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, rimliklarning birinchi raqamli posboni Tomas Strakosha yozda jamoasidan ketadi.
Albaniya terma jamoasi posboni uchun "Nyukasl" jiddiy qiziqayotgani aytilmoqda. U tez orada Martin Dubravkani almashtirishi mumkin.
Strakosha bu mavsumda 14 ta liga bahsida 6 ta o‘yinni quruq yakunlagan. Avvalroq Strakosha uchun Bundesliga jamoalari ham qiziqqani haqida xabar qilingan edi.