Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Murabbiylar: Byelsa haqida 7 fakt

Murabbiylar: Byelsa haqida 7 fakt

Baho:
+ | -

27 fevral kuni «Lids» bosh murabbiyi Marselo Byelsa iste’foga chiqarildi. Albatta, voqealarning bunday rivoj olishi ko‘pchilikning kayfiyatini buzdi, o‘z navbatida, ushbu ajoyib shaxs haqida 7ta faktni keltirib o‘tishga sabab bo‘ldi.

Birinchi fakt: bilasizki, Marselo garchi qisqa davom etgan bo‘lsada, maqtashga arziydigan futbolchilik faoliyatiga ega. Uning dastlabki klubi «Nyuells Old Boyz» bo‘lgan, bu jamoaning asosiy raqobatchisi, o‘sha shahar sharafini himoya qiluvchi «Rosario Sentral»ga esa Byelsaning otasi muxlislik qilardi. Umuman, sportdagi tanlovda shunaqa holatlar ham tez-tez uchrab turadi...

Ikkinchi fakt: 21 yoshida yashil maydonda o‘zidan yorqin taassurot qoldirgan Marseloni Argentina termasiga chaqirishdi. Jamoa Braziliyada o‘tkazilgan Olimpiadadan oldingi turnirda qatnashib, uchinchi o‘rinni egallagandi. Shu bilan o‘yinchilik faoliya­ti yakunlandi, keyinchalik mu-rabbiy sifatida ish boshladi.

Uchinchi fakt: murabbiylik faoliyati boshida Byelsa ilk jamoasi «Nyuells»ning yoshlar tarkibini bosh­qargan, keyinchalik aynan shu shogirdlari bilan Argentina chempionati uchinchi divizionida g‘olib chiqqandi. Ammo shu yerda ham bir qiziq tafsilot bor. Gap shundaki, Marselo klub uchun yangi iqtidorlar qidirishga ko‘p vaqt sarflagan, skautlarga esa har doim ham ishonavermagan. Shu tariqa, yosh murabbiy asosiy tarkib uchun yaxshilar yaxshisini topish maqsadida umumiy hisobda 25 ming kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tgan.

To‘rtinchi fakt: 2019 yilning 28 aprelida Chempionship 45-turidan o‘rin olgan «Aston Villa»ga qarshi bahsda birmingemliklar a’zosi maysaga yiqilgan payt «Lids» futbolchilari tezkor hujum evaziga gol urishdi. Jamoalar o‘zaro janjallashib ketishdi, biroq Byelsa shogirdlaridan javob golini atayin o‘tkazib yuborishlarini so‘radi! Aynan o‘sha voqea sabab klub «FIFA Fair Play Award 2019» sovriniga munosib ko‘rildi.

Beshinchi fakt: 2001 yili Byelsa Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiya­si talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi, 2019 yilda esa France Foot-ball jurnali uni barcha davrlarning eng yaxshi murabbiylari reytingida 48-o‘ringa joyladi. Tabiiyki, futboldagi meh-natlar bee’tibor qolmaydi.

Oltinchi fakt: Marseloning oilasi haqida qisqacha. Oila badavlat bo‘lmagan, ammo yaxshigina obro‘-e’tiborga ega edi, zero futbolchining bobosi Rafael Argentinada ma’muriy huquq asoschilaridan biri edi, opasi siyosatda muvaffaqiyatga erishgan, akasi tashqi ishlar vaziri, Aeropuertos Argen-tina 2000 aviakompaniyasi prezidenti bo‘lgan, hozir Chilida elchi hisoblanadi. Ha, qarindoshlaridan o‘zib ketish motivasiyasi tinchlik bermagani aniq...

Yettinchi fakt: 2009 yili «Nyuells Old Boyz» klubining uy stadioniga Marselo Byelsa nomi berildi. Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis qo‘l ostida jamoa ikki marta Argentina chempionligiga erishgan, 1992 yilda Libertadores kubogi finaligacha yetib borgan.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:40, 16.03.2022.
O'qildi: 1919 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.