Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

"Navbahor" - "Qo‘qon-1912": O‘zaro o‘yinlar tarixidan

"Navbahor" - "Qo‘qon-1912": O‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Superliga 3-turidan o‘rin olgan  “Navbahor”  – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi  17 mart  kuni Namangan shahridagi “Markaziy”  stadionida bo‘lib o‘tadi. “Vodiy derbisi” oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

“Qo‘qon-1912” hamda “Navbahor” klublari shu kungacha 32 bor kuch sinashishgan. 8 ta uchrashuvda “Qo‘qon-1912”ning qo‘li baland kelgan. “Navbahor” 17 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 7 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 60-36. “Navbahor” o‘zaro o‘yinlarda 58 ochkoga ega bo‘lgan, “Qo‘qon-1912” esa 31 ochkoni qo‘lga kiritgan.
So‘nggi bor bu jamoalari o‘tgan 2021 yilning 27 noyabr sanasida, superliganing 26-turi doirasida uchrashishgan. Namangandan bo‘lib o‘tgan o‘sha o‘yinda ”shunqorlar” 2:3 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Ushbu jamoalarning so‘nggi yetita uchrashuvda qayd etilgan natijalari bilan tanishing:

27.11.2021 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 2:3

01.08.2021 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:2

03.12.2020 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:1

28.08.2020 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 0:1

01.12.2019 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:1

10.03.2019 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 1:1

31.03.2018 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:0

Namanganda bo‘ladigan “vodiy derbi”sini Rahimbek Karimov boshqarib boradi

16-18 hamda 20 mart kunlari Coca-Cola Superligada 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishlaydigan rasmiylar e’lon qilindi. Bu turda Namangandagi bellashuvda VAR ishlamaydigan bo‘ldi.

Namangandagi “markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadigan “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini Rahimbek Karimov boshchiligidagi xakamlar guruhi boshqarib boradi. O‘tgan yilgi mavsumda Rahimbek Karimov “Qo‘qon-1912” ishtirokidagi 3 ta bahsni boshqarib borgan edi. Jamoamiz ularning ikkitasida durang natija qayd etishgan va safardagi AGMK jamoasiga qarshi o‘yinda imkoniyatni boy bergan edi.

17 mart, payshanba

 “Navbahor” – “Qo‘qon-1912”

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylalov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Jahongir Rahmatullayev
Boshlanish vaqtlari

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi, 17 mart payshanba kuni Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida soat 18:30 da start oladi. Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari ham U-21 birinchiligining 3-turida maydonga tushishadi. Bu  uchrashuv Namangan shahridagi “Markaziy” stadionning zaxira maydonida 18 mart kuni  o‘tkaziladi.

Kiritildi: 09:29, 16.03.2022.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.