Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela 1-1 Kanada
06/07 21:00 Angliya 1-1 Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

«Barselona» oxirgi 12 mavsumda yevrokuboklarning bahorgi safar o‘yinlarida ikki marta g‘alaba qozongan

«Barselona» oxirgi 12 mavsumda yevrokuboklarning bahorgi safar o‘yinlarida ikki marta g‘alaba qozongan

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa Ligasi nimchorak final javob bahslari doirasida «Barselona» safarda «Galatasaroy» bilan kurashadi.

Birinchi uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgandi. Mazkur qarama-qarshilikning 2-o‘yini boshlanguniga qadar kataloniyaliklar haqida bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

«Barselona» o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatini 3-o‘rinda yakunladi va 2007/2008 yilgi mavsumdan beri ilk bor La Ligani top-2 jamoa orasiga kira olmadi. Jamoa o‘shanda ham 3-pog‘onadan joy olgandi. Shunga qaramasdan, klub Ispaniya kubogi finalida «Atletik»ni 4:0 hisobiga mag‘lub etgan holda mazkur musobaqada 31-chempionlikni qo‘lga kiritdi va rekordini yangiladi.

O‘tgan mavsum «Barselona» Chempionlar Ligasi nimchorak finalida «PSJ» to‘sig‘idan o‘ta olmagan va 2006/2007 yilgi mavsumdan beri ilk bor chorak finalga chiqa olmagan edi. Joriy mavsum klub guruhda «Bavariya», «Benfika» jamoalaridan keyin uchinchi o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasiga yo‘l oldi. Bosh murabbiy Ronald Kuman o‘rnini oktyabr oyida «Barselona» afsonasi Xavi Ernandes egalladi.

«Barselona» Yevropa Ligasida birinchi marta qatnashayotgan bo‘lsa-da, klub UYEFA Kubogida ham ishtirok etgan. Oxirgi marta 2003/04 yilgi mavsum 4-bosqichida Shotlandiyaning «Seltik» klubi ikki o‘yin hisobiga ko‘ra «Barselona» ustidan g‘alaba qozongan. «Ko‘k-anorranglilar» hech qachon UYEFA Kubogida g‘alaba qozonmagan va finalga ham yetib bormagan. 4 marta yarim final bosqichida ishtirok etgan (1975/76, 1977/78, 1995/96 va 2000/01) va barchasida mag‘lubiyatga uchragan.

«Barselona» oxirgi 12 mavsumda bahor oylarida yevrokuboklarning safar o‘yinlarida muvaffaqiyatsiz harakat qilmoqda. Klubning Neapoldagi g‘alabasi oxirgi 12 mavsum yevrokubok safar bahslarida qo‘lga kiritilgan ikkita g‘alabadan bittasi edi (4 durang, 6 mag‘lubiyat). Boshqa g‘alaba 2018/2019 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi chorak final doirasidagi «MYU»ga qarshi o‘yinda (1:0) qo‘lga kiritilgan.

Tarkibdagi o‘zgarishlar

Joriy mavsum klub tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Qishki transferlar oynasi ochiq vaqtda Pyer-Emerik Obameyang «Arsenal»dan, Ferran Torres "Manchester Siti"dan, Adama Traore «Vulverxempton»dan Kataloniya klubi safiga kelib qo‘shilishdi.

Serxio Aguero futbolchilik faoliyatini yakunladi. Filippe Koutinyo "Aston Villa" klubiga ijaraga berildi, Yusuf Demir ijara asosida «Rapid» klubida, Inyaki Penya esa «Galatasaroy» tarkibida harakat qilmoqda.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 13:29, 17.03.2022.
O'qildi: 2302 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.