Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa - Komo
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina - Torino
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Xavi Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkinmi?

Xavi Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkinmi?

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xose Antonio Kamacho "Barselona"ning hozirgi ustozi Xavi kelajakda "qizil furiya" terma jamoani boshqarishga qodirmi yoki yo‘qmi, degan savolga javob berdi.

"Xavi Ispaniya uchun mukammal murabbiy bo‘lishi mumkin, ammo u buni xohlaydimi, yo‘qmi bilmayman. Hozir jamoada Luis Enrike bor, shuning uchun aniq bir narsa deya olmayman", - deya Kamachoning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Kamacho, shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" murabbiyga jamoa o‘zi xohlagan tarzda o‘ynashi uchun ko‘proq vaqt kerakligini ta’kidladi. Sababi Xavi boshqalarning xatolarini tuzatishi kerak edi.

Xavi o‘tgan yilning kuzidan beri "Barselona"ni boshqarib kelmoqda. O‘shandan beri Ispaniya La Ligasida o‘tkazilgan 15 uchrashuvda kataloniyaliklar bor-yo‘g‘i bitta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi va turnir jadvalidagi o‘rnini sezilarli darajada yaxshiladi. Endi Katalon klubi 3-o‘rinda va sovrinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 19:01, 17.03.2022.
O'qildi: 2041 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик