Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Samarqanddagidek muxlislikni faoliyatimda ko‘rmaganman». Predrag Rogan «Qizilqum» bilan o‘yin, ilk ochko, Komilov qachon qaytishi va golsizlik haqida

«Samarqanddagidek muxlislikni faoliyatimda ko‘rmaganman». Predrag Rogan «Qizilqum» bilan o‘yin, ilk ochko, Komilov qachon qaytishi va golsizlik haqida

Baho:
+ | -

Superliga 3-turi doirasidagi «Dinamo» - «Qizilqum» (0:0) uchrashuvidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Predrag Rogan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Fikrimcha, bugun jamoalar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Har ikki jamoa o‘yinchilarini ham ochko bilan tabriklayman, ular maydonda maksimum harakat qilishdi. Birinchi bo‘limning o‘zida ikkita golli vaziyatdan foydalana olmadik – Glishich va Ergashevda imkoniyat bo‘lgandi. Ikkinchi bo‘limda esa burchakdan yetkazilgan uzatmani golga aylantirishimiz shart edi. «Dinamo» futbolchilari maydonda borlarini berishdi, avvalgi bahslardan ko‘ra, o‘sish kuzatildi. Bugun qo‘lga kiritilgan bir ochkodan qoniqqanim yo‘q, biz g‘alaba qozonib, 3 ochkoga ega chiqishimiz kerak edi.

«Qizilqum» tajribali o‘yinchilardan iborat jamoa ekanini bilardik. Bunday saviyali jamoaga qarshi o‘yinchilarim bor kuchlari bilan qarshilik ko‘rsatishdi. Jamoa harakatidan qoniqdim, natijadan esa yo‘q.

- «Dinamo» «Paxtakor»ga qarshi bahsda ham, «So‘g‘diyona» va «Qizilqum» bilan o‘yinlarda ham golli vaziyatlardan foydalana olmay, gol urmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Bu faqat omad bilan bog‘liqmi?
- Faqat omad emas, vaziyatlarni yakunlashda sifat ham bizga yetishmayapti. Aks holda «Paxtakor», «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘z vaziyatlarimizni golga aylantirishimiz kerak edi. Buning uchun esa ko‘proq shug‘ullanishimiz kerak. Doimiy mashg‘ulot uchun esa maydon kerak. Fursatdan foydalanib, «Dinamo» muxlislariga qo‘llab-quvvatlash uchun rahmat deyman, Samarqanddagidek muxlislikni faoliyatimda ko‘rmaganman.

Bizga mashg‘ulot uchun maydonlar kerak. Biz har o‘yindan keyin ikki marta mashg‘ulot o‘tkazib, o‘yinga tushayapmiz. Jamoamiz yangi, ularning o‘yinini tezroq shakllantirishim uchun esa men ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazishim kerak. Buning uchun esa afsuski, jamoaning tabiiy chimli mashg‘ulot maydoni yo‘q.

- Shohmalik Komilov bugun zaxirada qoldi. U qachon maydonga tushishi mumkin?
- U jarohat sababli 10 kun mashg‘ulot o‘tkaza olmay, davolandi. Bugungi o‘yindan keyin bizda navbatdagi tur oldidan ikki haftalik vaqt bo‘ladi. Umid qilamanki, bu davrda Komilov mashg‘ulotlarda ishlab, «Bunyodkor» bilan o‘yinga tayyor bo‘ladi.

Sahob Rashidov? U bugun zaxiradan maydonga tushib, o‘yinimizni kuchaytirdi. Rashidovga ishonaman, u keyingi o‘yinlarda hali ko‘p yordam beradi.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:49, 17.03.2022.
O'qildi: 1142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.