Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya 1-1 Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya 3-2 Iroq
15/10 17:00 Xitoy 2-1 Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston 1-0 BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston 1-0 KXDR
15/10 21:00 Eron 4-1 Qatar
15/10 21:00 Iordaniya 4-0 Ummon
15/10 21:00 Falastin 2-2 Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni 0-0 Bahrayn
16/10 01:30 Kolumbiya 4-0 Chili
16/10 04:00 Paragvay 2-1 Venesuela
16/10 04:30 Urugvay 0-0 Ekvador
16/10 05:00 Argentina 6-0 Boliviya
16/10 05:45 Braziliya 4-0 Peru

Davron Fayziyev: “O‘z xatolarimiz evaziga mag‘lubiyatga uchradik”

Davron Fayziyev: “O‘z xatolarimiz evaziga mag‘lubiyatga uchradik”

Baho:
+ | -

Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Qo‘qon-1912” jamoasi murabbiyi Davron Fayziyev ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- O‘yin haqida nimalarni aytish mumkin? “Vodiy derbisi”da mag‘lub bo‘ldik. Bundan oldingi derbida “Neftchi”ga yutqazgandik. “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklayman.

O‘yin haqida qisqacha aytadigan bo‘lsam, o‘z xatolarimiz evaziga mag‘lubiyatga uchradik. Chunki futbol xatolardan iborat. Kimdir xato qiladi va raqib bundan foydalanadi. Xato qilishimizda “Navbahor” muxlislarining ham o‘rni bor. Qiziqarli va chiroyli o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa g‘alaba uchun kurashdi. Xatolardan xulosa chiqaramiz va ishlashda davom etamiz, - dedi Davron Fayziyev

- Birinchi bo‘limda tezkor o‘yin ko‘rsatgan Bilolxon Toshmirzayev nega zaxiraga olindi?

- Taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Biz birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida yo‘l qo‘yilgan xato evaziga gol o‘tkazib yubordik. Shu sababli, ikkinchi bo‘limda o‘zgarishni amalga oshirib, oldingi chiziqda o‘yinni kuchaytirishimiz kerak edi. Almashtirib bo‘lmaydigan futbolchining o‘zi yo‘q, mag‘lub bo‘layotganda har bir murabbiy o‘yinni o‘zgartirishga harakat qiladi. 

- Baxtiyor Ashurmatovning yo‘qligi ham o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi, deb o‘ylaysizmi?

- Bosh murabbiyning o‘rni muhim va o‘yin davomida yaqqol sezildi. O‘tgan turda “Olimpik” bilan o‘tkazgan o‘yinimizda uning o‘rni bilingandi. Nasib bo‘lsa, keyingi turda Baxtiyor Ashurmatov o‘z o‘rniga qaytadi. Xudo xohlasa, “Navbahor” ham, biz ham o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga intilishda davom etamiz.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 04:22, 18.03.2022.
O'qildi: 1350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.