Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Lids»ning yangi bosh murabbiyiga tavsiyalar

«Lids»ning yangi bosh murabbiyiga tavsiyalar

Baho:
+ | -

Bir necha kunlar avval amerikalik Jessi Marsh «Lids» bosh murabbiyiga aylandi. Klub inqirozni boshdan kechirmoqda, Premyer-liganing so‘nggi 5 o‘yinida darvozasidan 20 marta to‘p olib chiqdi. Quyidagi maqolada «oqlar»ning yangi ustozi birinchi navbatda e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan beshta asosiy jihatlarni aniqlandi...

1. Himoyani mustahkamlash

Yaqqol ko‘rinib turgan muammodan boshlasak. «Lids» haddan ziyod ko‘p gol o‘tkazib yubormoqda, raqiblarining xG ko‘rsatkichlaridan ortiq to‘p kiritishlariga zamin yaratmoqda. Hozircha Marsh mudofaa chizig‘ini qay tariqa tartibga solishi mumkinligini aytish qiyin, ammo murabbiyning almashgani va buning ortidan keladigan hayajon futbolchilarga asqotishi mumkin. «Lids» ochkolarni qo‘lga kiritishni istasa, kamroq to‘p o‘tkazib yuborishi lozim.

2. Yetakchilarning qaytish muddatlarini aniqlash

Liam Kuper, Kalvin Fillips va Patrik Bemford 80 kundan ko‘proq muddatni o‘tkazib yuborishdi, mavsum finishiga esa uzoq qolmadi. Kuper hamda Fillips mart oyi boshida qaytishlari kerak edi, biroq so‘nggi bor Byelsa ularning ahvolini qoniqarsiz baholagandi. Marshdan jarohatlanganlar bilan bog‘liq vaziyatga astoydil e’tibor qaratish, tibbiyot bo‘limi rahbari Rob Prays hamrohligida futbolchilarni imkon qadar tezroq maydonga qaytarish uchun dastur ishlab chiqish talab etiladi.

3. O‘yin uslubi bo‘yicha qaror chiqarish

Marshning Yevropa futboli, aniqrog‘i, «Red Bull» tizimidagi klublar - «Zalsburg» va «Leypsig»dagi tajribasiga nazar solsak, murabbiy tanlaydigan sxemalar borasida xulosa berish mumkin. Avstriya jamoasida Jessi qisqa 4-4-2-dan foydalangan, o‘yin vaqtida joylashuv 4-2-2-2 va 4-2-3-1ga o‘zgargan. «Leypsig»da esa bir nechta muvaffaqiyatsiz oylar davomida 4-4-2, 4-3-3 va hattoki, 3-5-2ni tanlagan.

Qandaydir umumiy jihatlarni topishga urinadigan bo‘lsak, hujumdagi kenglikni asosan qanot himoyachilari tashkil etishgan, yarim himoya vakillari esa yarim qanotlar va markazni egallashgan. «Lids» tarkibida uch nafar vinger bor: Rafinya, Jek Xarrison va ehtimol, yangi ampluaga ko‘nikishi lozim bo‘ladigan Daniel Jeyms.

4. Kimlar hisobiga jamoa shakllantirishni tushunish

Rasmiy jihatdan Marsh asosiy jamoa murabbiyligiga tayinlangan va transferlar hamda shartnomalarni uzaytirish jarayonida qatnashmasligi kerak. Biroq u futboldagi o‘z qarashlariga mos jamoani shakllantirish uchun Viktor Orto bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Jamoaning ikki nafar taniqli yetakchilari - Rafinya va Fillips-ning shartnomalari 2024 yilda yakunlanadi, demakki, kelishuvni uzaytirish bo‘yicha ishlarni boshlasa bo‘laveradi. Hozircha muzokaralar natijalari haqida yangilik yo‘q, vaholanki, har ikki futbolchi klubda qolish niyatida ekanliklarini yashirishmadi.

Marsh yangi jamoa shakllantirishda aynan kimlarning xizmatiga tayanishi lozimligini aniqlab olishi lozim. Ehtimol, yakkama-yakka holda o‘tadigan suhbatlar orqali futbolchilarning nimani o‘ylashayotganini bilib olar.

5. Akademiyadagi yosh iqtidorlardan foydalanish

Hozir Marshning ixtiyorida «tovuslar»ning yoshlar jamoasida to‘p surayotgan ko‘plab iste’dodlar bor. Jessi ushbu futbolchilarning iqtidoridan qachon va qanday foydalanishni aniqlash uchun o‘z siyosatini ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Buning uchun 23 yosh toifasidagi jamoa murabbiyi Mark Jekson bilan muntazam aloqada bo‘lib turishi talab etiladi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:00, 18.03.2022.
O'qildi: 1302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.