Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

«Lester» yetakchisining kelajagi so‘roq ostida

«Lester» yetakchisining kelajagi so‘roq ostida

Baho:
+ | -

«Lester» yetakchisiga aylanib borayotgan Yuri Tilemansning kelajagi borgan sari shubha ostida qolmoqda. Yarim himoyachi keyingi mavsumda qayerda o‘ynashi noma’lum, uning o‘zi ham hali tayinli qarorga kelgani yo‘q.

24 yoshli yarim himoyachi «Lester»da yana bir yil qolmoqchi emas, lekin u ketishga shoshilmayapti, garchi futbolchiga «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirayotgan bo‘lsa ham, Yuri barchasini chuqur o‘ylab ko‘rmoqchi.

«Men kelajagimga ishonaman. Shartnomam 2023 yilda tugaydi. Yozda men barcha variantlarni ko‘rib chiqaman va so‘nggi qarorni qabul qilaman. Hozircha har qanday holatda ham ketmoqchi emasman. Men hali ham bir qarorga kelganim yo‘q. Bu borada kelajagim haqida ko‘p o‘ylamaslikka va o‘z o‘yinimga e’tibor qaratishga harakat qilaman», — deydi Tilemans.

Tiyelemans o‘tgan yili «Uembli»dagi ajoyib goli bilan klubning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan, chunki «Lester» o‘z tarixidagi ilk Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

«Lester» qancha pul istaydi?

Ayrim xabarlarga ko‘ra, klub futbolchining transferi uchun 40 million yevro (taxminan 34 million funt) so‘ramoqda. Ushbu mavsumdagi futbolchi qayd etgan statistika:

Yuriy Tiyelemans joriy mavsum 21 ta o‘yin o‘tkazdi va, 4 marta almashtirildi, bitta sariq kartochka oldi. U jami 1723 daqiqa vaqtini maydonda o‘tkazgan va 6 ta gol urgan, shuningdek, 2 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

«Lester» bosh murabbiyining so‘zlari:

«Yuri yangi shartnomaga umid qilmoqda. U rahbariyat uni e’tibordan chetda qoldirmayotganiga ishonch hosil qilishi kerak. Tabiiyki, uni shu yerda, «Lester»da qolishidan xursand bo‘lar edim, lekin futbolchilarning bir klubdagi faoliyati qisqa bo‘lib qolishini ham yaxshi tushunaman”, — deydi Rojers.

Fabrisio Romanoning so‘nggi ma’lumotlari:

«Real Madrid» va «Man Siti» ham yarim himoyachi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

• Tilemans «Real Madrid» yarim himoya chizig‘iga kerakli rotasiya bo‘lishi kutilyapti.

• «Manchester Yunayted» belgiyalik futbolchining agenti bilan doimiy aloqada.

«Lester» taklif qilayotgan yangi shartnoma haqida nima deyish mumkin?

Daily Mail xabariga ko‘ra, klub fevral oyida belgiyalik futbolchining maoshini 100 ming funtga ko‘tarishi kutilgandi. Bu uni klubning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantiradi. Tilemans Yevro-2020dagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortdi, shundan so‘ng uning narxi 60-65 million yevrogacha ko‘tarildi. U turnirda 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 01:05, 19.03.2022.
O'qildi: 1680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.