Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Futboldagi g‘ayrioddiy jarohatlar

Futboldagi g‘ayrioddiy jarohatlar

Baho:
+ | -

Futbolchilar va murabbiylar doimo o‘zlarini jarohatlashning o‘ziga xos usullarini «topib» yurishadi. Frenk Lempard ana shunday holga tushgan so‘nggi mashhur insonlardan biridir. U yaqinda, «Nyukasl»ga qarshi bahsdagi jamoasining golini nishonlash chog‘ida bexosdan qo‘l barmoqlarini sindirib oldi. U ushbu vaziyatga shunday izoh bergan edi: «Men qo‘limni golni nishonlash paytida sindirib oldim. Men buni qaysi vaziyatda sodir bo‘lganini eslay olmayman. Suyaklarim joyida deb o‘ylagandim. O‘yin davomida hech nimani sezmadim. Ammo undan keyin qo‘lim qaltirayotgan va zirqirayotgan edi. Umuman olganda, menga buni farqi yo‘q. Chunki o‘yinda g‘alaba qozondik».
Quyida futboldagi g‘ayritabiiy jarohatlarning bir nechtasini keltirib o‘tamiz.

Rami Kaib

O‘tgan yili shved futbolchisi Rami Kayib bir necha hafta maydonga tusha olmay qoladi. Chunki u tanavvul vaqtida sabzi yeyayotib, o‘z jag‘ini sindirib olgandi. Kayib Niderlandiya jamoasi bo‘lgan «Xerenven» safida harakat qiladi. Ammo u o‘zini jamoadagi o‘rnini saqlab qola oladi.

Frenki De Yong

O‘tgan yili «Barselona» futbolchisi De Yongda ham o‘ta g‘alati, og‘riqli va maydonda chetida qolishga majbur qiladigan jarohat yuz beradi. U «Napoli»ga qarshi YECHL doirasidagi bahsda shishgan qo‘llarini namoyish qilgandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ushbu jarohat ari chaqib olishi natijasida yuzaga kelgan.

Rio Ferdinand

Sobiq «Manchester Yunayted» hamda Angliya terma jamoasi sardori «Lids» safida harakat qilgan paytda tizzasidan kutilmagan jarohat oladi. Ferdinand shu sabab o‘z oyog‘ini juda ham uzoq davolatgan edi. Jarohat sababi esa ma’lum emas.

Kris Smolling

Sobiq «MYU» futbolchisi Bali orollarida dam olayotgan paytda, baxtsiz hodisa yuz beradi. U syorfing uchayotganida suvdagi meduza hujumiga uchraydi. Dengiz maxluqoti uni chaqib oladi. Keyinchalik berilgan xabarlarda aytilishicha, futbolchi o‘sha onda xushidan ketgan va boshini urib olgan. Shundan keyin u ancha vaqt boshini bint bilan bog‘lab yurishiga to‘g‘ri kelgan.

Enner Valenciya

Sobiq «Vest Xem» hujumchisi ushbu qilgan ishi uchun murabbiylardan ancha baloga qolgan deyishadi. Nimadir yuz berib, Enner Valensiya singan idish ustiga qadam qo‘yadi va oyoq barmoqlarini kesib oladi. Ushbu hodisa uni keyingi o‘yindan mosuvo qilgan edi.

Alan Rayt

«Aston Villa»ning qahramon futbolchilaridan biri bo‘lgan Rayt bir paytlar ancha noodatiy usulda jarohat oladi. Himoyachi o‘z Ferrari'sida ketayotib, pedalga oyog‘ini cho‘zish vaqtida tizzasini jarohatlab oladi. Shu sabab u bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Charli Jorj

«Arsenal» afsonasi Jorj o‘zini jarohatlaydi. 1971 yilgi Angliya kubogi sohibi, o‘z qӯllarini maysa tekislagich bilan qirqib oladi. Hali hamki, oyog‘ini emas. Aks holda, u ham uzoq vaqt safdan chiqar edi.

Santyago Kanisares

«Valensiya»ning sobiq posboni Ispaniya terma jamoasida o‘z imkoniyatini uzoq vaqt kutadi. Unga 2002 yilgi Jahon chempionatida imkon berilishi mumkin edi. Ammo u musobaqadan biroz ilgari oyog‘ini kesib olib, imkoniyatdan mosuvo bo‘ladi.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:12, 19.03.2022.
O'qildi: 934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.