Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 1-3 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbekiston kubogi finali mezbonligi uchun 6 ta shahar da’vogarlik qiladi

O‘zbekiston kubogi finali mezbonligi uchun 6 ta shahar da’vogarlik qiladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi so‘nggi ikki mavsumdan buyon O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga mezbonlik qiluvchi stadion nomiga shaffof qur’a yordamida aniqlik kiritib kelmoqda. Shunga ko‘ra 2020 yilgi kubok finaliga Namangan mezbonlik qilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu vazifa Samarqand shahri chekiga tushgandi.

Final ketma-ket ikki bor bitta shaharda o‘tmasligini ta’minlash maqsadida bu yilgi qur’ada Samarqand shahri ishtirok etmaydi. 2022 yilgi O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga 6 ta shaharning 8 ta stadioni da’vogarlik qiladi.

Final mezbonini aniqlashda dastlab Toshkentning uch stadioni — “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” savatchalarga tashlab olinadi. Mazkur uch stadiondan biri qur’aning ikkinchi bosqichida Toshkent shahri nomidan ishtirok etadi. Barcha shaharlarda imkoniyat teng bo‘lishi va bunda poytaxtning imkoniyati qolganlarnikidan yuqori bo‘lmasligi uchun shunday qarorga kelingan.

Qur’aning ikkinchi bosqichida 6 ta shahar savatchaga tashlanadi: vodiyning Namangan, Farg‘ona, Yaypan shaharlari, poytaxt Toshkent, shuningdek vohaning Qarshi hamda Buxoro shaharlari. Ayni vaqtda Namangan, Toshkent, Yaypan va Qarshidagi stadionlar final talablariga javob beradi. Farg‘onadagi “Istiqlol” hamda Buxorodagi “Buxoro” stadionlarida esa ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda. Ishonamizki, final uchrashuviga qadar mazkur stadionlar holati yaxshilanib ulguradi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga va Pro liga klublarining uy stadionlariga qo‘yilayotgan talablarni bosqichma-bosqich qat’iylashtirib boradi. Rejamizga ko‘ra, oldindagi uch mavsum davomida barcha maydonlar sifati talab darajasiga keltirilishi kerak.

Manba: ПФЛ матбуот хизмати
Kiritildi: 14:03, 19.03.2022.
O'qildi: 2048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.