Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"Nyukasl" uchun besh yurish: kimlar "qarg‘alar"ni keyingi mavsumda Yevropa sahniga yetaklaydi?

"Nyukasl" uchun besh yurish: kimlar "qarg‘alar"ni keyingi mavsumda Yevropa sahniga yetaklaydi?

Baho:
+ | -

O‘tgan yanvar oyida "Nyukasl" 90 million funtdan ziyodroq mablag‘ evaziga beshta yangi futbolchi sotib olgan edi. Klub yozda ham ayrim yirik xaridlarga qo‘l urib, bu orqali, raqobatbardosh jamoaga aylanib olmoqchi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, "qarg‘alar" kelayotgan oynada ham oldingisi kabi, balki undan ham kӯproq pul sarflashni reja qilgan. Quyida yozda "Sent-Jeyms Park"ka tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan beshta futbolchi nomini keltirib o‘tamiz.

Sven Botman ("Lill") – 30 million funt

22 yoshli himoyachi "Nyukasl"ning yoz faslidagi dastlabki xaridiga aylanadigan ko‘rinadi. Ular qishda ham "Lill" futbolchisini olib kelish ishtiyoqida edi. Shu sabab bu ishni tez orada amalga oshirmoqchi. Sven Botmanning o‘zi "Lill"ni tark etishga qarshi emas. Uning narxi 30 million funt atrofida baholanadi. Yanvar oyidagi "Nyukasl"ning urinishlari behuda ketgach, Botman bu haqida shunday degan edi: "Menimcha, "Nyukasl" ajoyib loyiha boshlagan. Uning bir qismi bo‘lish men uchun qiziqarli bo‘lar edi. Ayniqsa, "Manchester Siti" hamda "PSJ"ning hozirgi qudratini ko‘rib, bunga ishtiyoq yanada ortadi. Ular ham bir paytlar "Nyukasl" kabi boshidan boshlashgan".
Albatta, "Nyukasl" yozda faqatgina Sven Botman bilan cheklanmaydi...

Mattias Ginter ("Myunxengladbax") – tekin

Botman bilan birga "qarg‘alar" rahbariyati, sobiq "Borussiya Dortmund" himoyachisi Mattias Ginterni olib kelishni ko‘zlamoqda. 28 yoshli futbolchi ayni damda "Myunxengladbax" a’zosi va yozda erkin agentga aylanadigan o‘yinchi. U o‘z faoliyati haqida shunday deydi: "Uzoq yillik bir xillikdan keyin, men o‘z faoliyatimda burilish yasashga qaror qildim. Bu men uchun zarur bo‘lib turibdi".
Germaniya terma jamoasi a’zosi hozirga qadar "bundesteam"da 46 marta maydonga tushirilgan va 2 ta gol urishga erishgan.

Bubakar Kamara ("Marsel") – tekin

"Nyukasl" yarim himoyasi uchun shortlistga kiritilgan yana bir futbolchi bu fransuz o‘yinchisi Bubakar Kamaradir. U ham yozda erkin agentga aylanadi. "Nyukasl" qishda 40 million funt evaziga "Lion"dan Brunu Gimaraynshni xarid qilgandi. Eddi Xau uning yoniga 22 yoshli yana bir tayanch himoyachisini olib kelmoqchi. Kamara "Marsel" akademiyasida tarbiya topgan. U 2018-19 yilgi mavsumdan beri Liga 1'da muntazam maydonga tushib kelmoqda. Futbolchi 17 yoshidayoq professional shartnomaga imzo chekkan edi.

Mett Targett ("Aston Villa") – 15 million funt

Aslida "Aston Villa" himoyachisi bo‘lgan Targett, ayni damda "qarg‘alar" safida ijarada harakat qilmoqda. Ta’kidlanishicha, u mavsum so‘nggida eski jamoasiga qaytmaydi. "Nyukasl" esa uni olib qolish uchun 15 million funt sarflashi kerak. 26 yoshli chap qanot mudofaasi vakili tezda yangi jamoaga ko‘nika oldi va Eddi Xau ishonchiga sazovar bo‘ldi.

Darvin Nunyes ("Benfika") – 50 million funt

Portugaliya chempionati yulduzlaridan biri Darvin Nunyes "Benfika" vakilidir. U "Nyukasl"ning yozdagi rejalaridan chuqur joy olgan. Urugvay terma jamoasi a’zosi bu mavsumda fantastik natijaga erishmoqda. Uning hisobida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 26 ta gol mavjud (33 ta bahsda). 22 yoshli hujumchi ko‘plab top-klublarning maqsadiga aylanib ulgurgan. "Nyukasl" uchun uning imzosiga erishish oson kechmasligi aniq, albatta. Nunyesning tezkor, kuchli va havodagi kurashlarda ustunligi, uni mukammal nomzod sifatida namoyon qiladi. Nunyes "Nyukasl" hujumining ehtimoliy "motor"i bo‘lishi mumkin. Uni "Benfika" 2020 yilda 25 million funt evaziga, Ispaniyadan, "Almeriya" klubidan xaridan qilgan edi.

Albatta, yuqoridagi nomzodlar superyulduz emas. Ammo ulardan kelajakda to‘g‘ri foydalanilsa, "Nyukasl" tez orada, balki kelasi mavsumning o‘zidayoq Yevrokuboklar uchun da’vo qiladigan kuchga ega bo‘lishi mumkin. Xarholda, qishki transferlar klubni Chempionship "botqog‘i"dan chiqib olishiga kifoya qilganini ko‘rdik. Buyog‘i Eddi Xauning rejalari va qarorlariga bog‘liq bo‘ladi...

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 17:13, 19.03.2022.
O'qildi: 1793 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.