Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" yarim himoyachisi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi

"Milan" yarim himoyachisi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi

Baho:
+ | -

"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaser klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Tomonlar allaqachon o‘zaro kelishuvga erishgan, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli jazoirlik 2026 yilgacha yangi shartnoma imzolaydi va unga ko‘ra yiliga 3,2 million yevro oladi. Shu bilan birga, 50 million yevrolik tovon puli shartnomadan olib tashlanadi.

Yaqin orada yangi shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Bennaser joriy mavsumda barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:09, 20.03.2022.
O'qildi: 1008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик