Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Viktor Kumikov: Biz tuzgan tarkib ishonchimizni oqlamadi"

Viktor Kumikov: Biz tuzgan tarkib ishonchimizni oqlamadi"

Baho:
+ | -

“Xorazm” – “Andijon” (3:0) o‘rtasidagi bellashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Viktor Kumikov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Albatta, bugungi o‘yin uchun fikrim yaxshi emas. O‘z jamoam haqida gapirsam, o‘yinimiz o‘xshamadi. Bunga esa ko‘p sabablar bor. Uzoq yo‘l, maydon, legionerlarga esa o‘yindan avval ta’qiq bor edi. Keyin esa uchrashuvga oz fursat qolganidagina ruxsat berishdi. Bunga qadar asosiy tarkibimizni aniqlashtirib bo‘lgandik. Biz tuzgan tarkibimiz ishonchimizni oqlamadi va tanaffusgacha 2 ta to‘p o‘tkazib yubordik va bunday holatdan keyin ruhiy tomondan tiklanishimiz qiyin bo‘ldi.

Legionerlar masalasi bo‘yicha buning sababini klub direktoridan so‘raganinglar ma’qul. “Xorazm” yomon jamoa emas ekan, yugurishyapti, harakat qilishyapti, xohish yuqori edi. Bu pro liga uchun yetarli.

Milich zaxiradan tushib harakat qildi va ko‘p yakka kurashlarda yutdi. Unga ko‘proq jarima maydoni ichiga to‘pni uzatib berishlari kerak edi, chunki u bosh bilan yaxshi o‘ynaydi. Bugungi o‘yinda unda ham, jamoada ham hech nima o‘xshamadi. Biz bunday sun’iy maydonda o‘ynagani qiynaldik. “Xorazm” esa o‘rganib qolgan.

O‘yindan keyin esa hattoki cho‘milgani suv ham yo‘q. Qanday qilib, PFL bunday sharoiti bo‘lmagan stadionda o‘ynashga ruxsat berganiga hayronman.

Bizda maqsad bor. O‘yin taraflama va boshqa jihatlar bo‘yicha hozircha ishlarimiz o‘xshamayapti. Yig‘in paytida kuchli raqiblarga qarshi o‘yinimizda o‘zimiz o‘ylagan taktikalarni namoyish qilgandik. Hozir esa negadir o‘xshamayapti. Hali hammasi oldinda. Biz oxirigacha kurashamiz. Jamoani ruhiy tarafdan tiklash kerak" - dedi Kumikov

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 19:11, 20.03.2022.
O'qildi: 1079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.