APLning 30-turida «Lester» «Brentford»ni mag‘lub etdi (2:1).
O‘yinda yarim himoyachi Kristian Eriksen koronavirus testi ijobiy chiqqani uchun maydonga tusha olmadi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Tomas Frank ta’kidlab o‘tdi.
«Afsuski, u koronavirus bilan kasallangan va birinchi salbiy test bugun chiqdi, shuning uchun uni bu o‘yinga jalb qilishning iloji yo‘q edi», - deydi murabbiy.
Eriksen Gollandiya va Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Daniya terma jamoasiga kelib qo‘shilishi kerak edi. Uchrashuvlar 26 va 29 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.