Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Barselona»: Tezkor tiklanish siri

«Barselona»: Tezkor tiklanish siri

Baho:
+ | -

«Barselona» ayollar jamoasi vingeri Jenni Ermoso tiklanish jarayonini giperbarik kameralar yordamida amalga oshirishga ishtiyoqmandlardan biridir. Yaqinda u Mundo Deportivo nash­riga Logik klinikasidan turib intervyu berdi. Yangi texnologiyalar, sport va sog‘­liqni saqlash tizimidagi mutaxassislarni jamlagan ushbu tibbiyot markazi sportchilarga jismoniy holatlarini bir maromda ushlab turishlari uchun haqiqiy ko‘makchi.

«Barsa» hujumchisi markazdagi barokameradan muntazam ravishda foydalanadi. «Logik tomonidan futbolchilar uchun tayyorlangan hisobot orqali mazkur texnologiya, uning foydali jihatlari haqida ma’lumot oldim», - deydi giperbarik oksigenasiya (GBO) uslubini bir yildan buyon qo‘llayotgan Jenni. Umuman, Rafael Nadal, Riki Rubio, Lebron Jeyms va Krishtianu Ronaldu kabi ko‘plab sportchilar GBOdan foydalanishadi. «Uning asosiy ustunligi shundaki, organizm kislorodga to‘yinadi, o‘pka hajmi va aerobik rezistentlik ortadi. Birinchi navbatda, jarohatlardan keyingi tiklanish jarayoni tezlashadi», - deydi «blaugranas» futbolchisi.

Ermoso o‘yinlardan keyin tezroq tiklanish uchun barokamerada 60dan 90 daqiqagacha turishini ta’kidladi. «Kameraga kirganingizda, suvga sho‘ng‘igan paytdagi bosimni his qilasiz. Barchasi tez va og‘riqsiz o‘tadi, parallel ravishda sevimli serialingizning navbatdagi qismini tomosha qilishingiz mumkin. Ushbu texnologiyadan foydalanish orqali formam yaxshilanayotganini sezyapman», - deydi Jenni.

GBO barokamera ichida yuqori bosim ostida 100 foiz kislorod yutish orqali qonni to‘yintirishga asoslanadi. Effekt 1,6 atmosferadagi bosimda seziladi, 2,5-3 atmosferada esa yaqqol namoyon bo‘ladi. Asosiy plyus shundaki, bunday kislorod qonga yetib borganda, gemoglobinga bog‘lanmay, erkin holda bo‘ladi - uning yo‘nalishi qondagi reologik xususiyatlar, moddalar almashuvining buzilishi, toksinlar ta’siri bilan cheklanmaydi, shuningdek, ayrim kasalliklar payti vujudga keladigan drenaj effektlar tufayli sekinlamaydi. Bunday kislorod oddiy diffuziya yo‘li orqali organizmning barcha to‘qimalariga yetib borib, tizimli reaksiyalarning mislsiz kaskadini yo‘lga qo‘yadi.

GBOdan foydalanish suyaklar, mushaklar, to‘qimalar va paylar jarohati, shishlar va yallig‘lanish holatlarida tiklanish vaqtini 50 foizga qisqartirish imkonini beradi. Qolaversa, GBO intensiv jismoniy yuklamalar tufayli vujudga keladigan charchoqdan xalos bo‘lishda asqotadi. Bundan tash­qari, jadval va mashg‘ulotlar rejasini to‘g‘ri tuzish sportchining aerobik va aqliy salohiyati yaxshilanishiga turtki bo‘ladi.

Hozirda GBO turli patologiyalar, xususan, Kovidda ham samarali foydalanilmoqda. Logik direktori Nacho Gonsalesning aytishicha, klinikada o‘rnatilgan bir kishilik giperbarik kamera Kataloniyada yagona bo‘lib, u 3 atmosfera bosimida ishlay oladi. Bu esa ko‘plab kasalliklar va jarohatlardan tuzalishda ishonchli va samarali terapevtik variantdir.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:26, 21.03.2022.
O'qildi: 4230 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.