Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Hindistondagi futbol o‘yinida muxlislar o‘tirgan stadion tribunasi qulab tushdi. 200 ga yaqin kishi jarohatlangan (video)

Hindistondagi futbol o‘yinida muxlislar o‘tirgan stadion tribunasi qulab tushdi. 200 ga yaqin kishi jarohatlangan (video)

Baho:
+ | -

Hindistondagi futbol o‘yinida muxlislar o‘tirgan stadion tribunasi qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 200 dan ortiq kishi jabrlangan.

The Sun nashrining yozishicha, hodisa 19 mart kuni Kerala shtatining Malappuram shahridagi stadionda yuz bergan. Vaqtinchalik inshoot o‘yin boshlanishi arafasida odamlar bilan birga qulab tushgan. Kamida besh kishining jiddiy jarohat olgani aytilmoqda.

Tribuna qulagach, tomoshabinlar orasida vahima boshlangan. Tribuna bilan birga yoritish tizimi (projektor) moslamalari ham qulagan va odamlar ustiga tushgan. Bu uning atrofida uchqunlarning uchib chiqishiga sabab bo‘ldi. Qarama-qarshi tarafdagi tribunalardagi odamlar jabrlanganlarga yordam berishga shoshilgan bo‘lsa. ba’zilar imkon qadar tezroq stadionni tark etishga harakat qilgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, vaqtinchalik tribuna 3,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan, biroq unga deyarli sakkiz ming kishi kirishiga ruxsat berilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:20, 21.03.2022.
O'qildi: 2981 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик