"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella Italiya chempionatining 2021/22 yilgi mavsumi jamoa uchun avvalgiga qaraganda qiyinroq bo‘lishini tan oldi.
"Maqsadimiz oxirgisigacha o‘ynash. Bu mavsum avvalgidan ancha qiyin. Yana yaxshi jamoalar bor. Ammo biz oxirigacha kurashamiz", - deya Barella so‘zlaridan iqtibos keltiradi FCInternews.
2021/22 yilgi mavsumda Milan klubi 60 ochko jamg‘arib, A Seriyada uchinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi pog‘onani 63 ochko bilan "Napoli" egallab turibdi. Birinchi o‘rinda 66 ochko bilan “Milan” joylashgan. Simone Inzagi shogirdlari hisobida bitta o‘yin bor.
Joriy mavsumda Barella “neradzurrilar” safida A Seriyada 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













