Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Abduqodir Husanov “Byornli”ga qarshi bahsda “Siti” himoyachilari orasidagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi (video)

Abduqodir Husanov “Byornli”ga qarshi bahsda “Siti” himoyachilari orasidagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi (video)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 34-turi doirasida “Manchester Siti” safarda “Byornli” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” asosiy tarkibida maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Husanov o‘yin davomida 93 marta to‘pga tegib, uzatmalarda deyarli xatoga yo‘l qo‘ymadi. Himoyachi jami 81 ta uzatmaning 75 tasini aniq amalga oshirdi (93 foiz aniqlik). Ayniqsa, himoyachining o‘z yarim maydonida amalga oshirgan uzatmalari deyarli xatosiz bo‘ldi — 98 foiz aniqlik Sofascore portali Husanovning harakatlarini 7,7 ball bilan baholadi. Umuman olganda, Husanov “Manchester Siti” himoya chizig‘ida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Jumladan, Mateus Nunyes hamda Mark Gexi 7,1 bahoga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Rayan Ait-Nuri 6,8 ball oldi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi ko‘rsatkichlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

To‘pni olib qo‘yish: 1 (muvaffaqiyatli);
Havodagi kurashlar: 4 tadan 4 tasida g‘alaba;
Yerdagi kurashlar: 3 tadan 2 tasida g‘alaba;
To‘pni uzoqlashtirish: 5 marta;
To‘pni qaytarib olish: 7 marta;

“Manchester Siti” safida gol muallifi bo‘lgan Erling Holand 7,6 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, darvoza daxlsizligini saqlagan Janluiji Donnarumma 7,3 ball oldi. Mezbonlar safida esa o‘z darvozasidan bitta to‘p olib chiqqan darvozabon Martin Dubravka 9,5 ball bilan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:40, 23.04.2026.
O'qildi: 3251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик