"Arsenal" yozda Artur Meloni sotib olishga yana harakat qiladi. Xabarlarga ko‘ra, klubning yarim himoyachi borasidagi umidlari hali ham qolgan. Keyingi mavsumda "Arsenal" maydon markazida muammolarga duch keladi.
Chunki Muhammad Elneniy shartnomasini yakunlaydi. Granit Jaka esa "Roma"ga yo‘l olishi mumkin. "Yuventus" yaxshi taklif berilsa, o‘z futbolchisini sotishga qarshi bo‘lmaydi.