Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«El-klasiko»ning barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

«El-klasiko»ning barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

Baho:
+1 | -

Umuman olganda, «Real» yoki «Barselona»ning eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan jamoa «yasash» o‘ta murakkab ish hisoblanadi. Shunga qaramay, bugun biz har ikki buyuk klubning o‘zaro to‘qnashuvlarida tarix yozgan o‘yinchilarni sanab o‘tamiz, ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani e’tiboringizga havola etamiz. Bunga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik esa o‘zingizga havola.

Darvozabon – Iker Kasilyas

Barcha biladiki, Kasilyas «qirollik klubi»ning tom ma’nodagi afsonasidir. U 25 yillik umrini «Real»ga baxshiyda etgan. Darvozabon klub akademiyasiga to‘qqiz yoshida olib kelinadi. 16 yoshida asosiy jamoa tarkibidan joy oladi. Atigi 18 ga to‘lganida esa, o‘z debyutini nishonlaydi. Kasilyas to 2012 yilga qadar yuqori darajada harakat qilib, ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan edi. Jumladan, uning sovrinlar jamg‘armasida beshta La- liga tituli, uchta YECHL kubogi mavjud. Kasilyas 2000 yillarning eng yaxshi kiperi hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida 725 ta o‘yinda maydonga tushib, xalqaro makonda Ispaniya terma jamoasi sardori sifatida ikki karra Yevropa, bir marotaba esa Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Markaziy himoyachi – Serxio Ramos

«Real» 2005 yilda yosh Ramos uchun 27 million yevro to‘laydi. U 16 yil davomida poytaxt jamoasi sharafini himoya qildi. Uning yulduzga aylanish jarayoni 2008 yildan keyin boshlandi. Ramos davri Ispaniyaning eng yuksalgan paytlari sifatida yodimizda qoldi.

Markaziy himoyachi – Jerar Pike

Pikening taqdiri ham Ramosnikiga o‘xshash. U ham uzoq yillar mobaynida «Barselona»ga sodiqligicha qolmoqda. 2008 yilda «MYU»dan sotib olingan himoyachi nomi «Barsa»niki bilan uyg‘unlashib ketishga ulgurdi. Uning kelajagi katalon klubi prezidenti bo‘lish bilan belgilanadi deguvchilar ham bor. Negaki, Pikening bobosi klub vise-prezidenti edi.

O‘ng qanot himoyachisi – Dani Alves

Dani Alves o‘z faoliyati davomida 40 dan ziyod sovrinlarga ega chiqqan. U hozir ham o‘z yo‘lida davom etmoqda. Bu titullarning yarmidan ko‘pi, aynan «Barselona» safida qo‘lga kiritilgan. Braziliya terma jamoasi a’zosi dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sanalardi. Alves uch marotaba YECHL bosh sovrinini yutgan va ularning ikkitasi «trebl» qayd etilgan mavsumlarga to‘g‘ri keladi.

Chap qanot himoyachisi – Roberto Karlos

Karlos 1995 yilda Yevropaga «Inter» tarkibida to‘p surish uchun keladi. Ammo bir yildan keyin «Real» safiga o‘tadi va u yerda haqiqiy afsonaga aylanadi. Braziliyalik 500 dan ortiq uchrashuvda «Real» sharafini himoya qildi. Uning davrida «qaymoqranglilar» uch marta YECHLni yutgan. Karlos va Kafu o‘z vaqtida tengi yo‘q tandem edi.

Yarim himoyachi – Migel Munyos

Yevropa kuboklarining ilk namoyondalaridan biri bo‘lgan futbolchi UYEFA yangi tashkil qilingan paytda, u tashkil qilgan turnirlarning g‘olibiga aylangan. U «Real» sardori sifatida 1956 hamda 1957 yildagi sovrinlarga ega chiqadi. Munyos 10 yil davomida «qirollik klubi» sharafini himoya qilib, 1958 yili, 36 yoshidan jamoadan ketadi. Uning keyingi taqdiri ham «Real» bilan bog‘liq kechdi. Futbolchi bosh murabbiy sifatida 1960 va 1966 yilgi Yevropa kuboklarini jamoasiga olib bergandi.

Yarim himoyachi – Xavi

Ayrimlar Xavini futbol tarixidagi eng zo‘r yarim himoyachi deydi. Balki ularning gapida jon bordir...
Xavi «Barselona» tarkibida 1998 yili o‘z debyutini o‘tkazgan. U klub tarbiyalanuvchisi edi. Amaldagi «Barselona» ustozi shu davrdan to o‘zining so‘nggi davri, 2014-15 yilgi mavsumga qadar jamoadagi asosiy figura bo‘lib qoldi. Xavi uch bora «Oltin to‘p» jadvalining uchinchi o‘rinidan joy oladi (bir hamda ikki o‘ta band nuqtalar edi). U ham Kasilyas qatori 2008, 2010 hamda 2012 yillarda Yevropa va Jahonni titratgan edi.

Yarim himoyachi – Andres Inyesta

Inyesta hisobida to‘qqiz bora La-liga, to‘rt marta YECHL g‘olibligi bor. U ham Xavi singari eng yaxshi futbolchi sifatida e’tiroflarga ko‘p marta sazovar bo‘ladi. 15 yoshli Andres harakatlarini ko‘rgan Pep Gvardiola, keyinchalik Xaviga u haqida shunday degan ekan: «Sen meni nafaqaga chiqararsan, ammo bu bolakay ikkimizni ham nafaqaga chiqaradi».

Hujumchi – Messi

Vaqtida minglab argentinaliklar Messini «Yangi Maradona» deb maqtashgandi. Biroq Leo ko‘pgina jabhalarda uni ortda qoldira oldi. 15 yildan ko‘proq vaqt davomida Messi superyulduz darajasiga chiqdi. U o‘z vaqtida bir mavsumda 73 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Bu degani, har bir o‘yinda ikkitadan ko‘proq gol urgan. «Barselona»ning eng sermahsul futbolchisi aynan Messidir. Uni yetti marta «Oltin to‘p»ga loyiq topilgani ham ko‘p narsani anglatadi.

Hujumchi – Alfredo Di Stefano

Di Stefano Yevropa kuboklarining tipik qahramonidir. U 1956-1960 yillar davomida turnirning beshta finalida qatnashib, yettita gol urishga erishgandi. Asli argentinalik bo‘lgan ispan futbolchisi 11 yil davomida «Real» muzeyini 15 ta titul bilan boyitadi. Di Stefanoning «qirollik klubi» safida urgan 308 ta goli 44 yil davomida mutlaq rekord natija sifatida qaralar edi. XX asrda unga teng keladigan hujumchi topish qiyin bo‘lgan.

Hujumchi – Ronaldu

«Real Madrid»ning yuz yildan ziyodroq vaqt davomidagi tarixida Di Stefano natijalarini birgina futbolchi chilparchin qilgan. U Krishtianu Ronaldudir. Portugaliya terma jamoasi sardori «Real» safiga kelib qo‘shilganida allaqachon yulduz futbolchiga aylanib ulgurgandi (2009). Yangi, XXI asr futbolida bitta mavzu muhim ahamiyat kasb etdi: Ronaldu yoki Messi?
Ularning har ikkisi ham alohida hikoya, yo‘l va qismatga ega edi. Ammo darajalari bir xil. Ronaldu besh yil davomida to‘rt marotaba YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu natija esa Messida mavjud emas. Ammo Messining Ronaldu yeta olmagan (yoki olmaydigan) rekordlari ham bor.

Xullas, Ronaldu ham Messi kabi «el-klasiko»ning yorqin vakilidir. Ularsiz ushbu ro‘yxatni tuzish mumkin emas.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 17:00, 22.03.2022.
O'qildi: 8640 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.