L'Equipe xabariga ko‘ra, darvozabon Aleksandr Nyubel "Monako"da qolmoqchi.
25 yoshli nemis o‘tgan yozda Fransiya klubiga "Bavariya"dan ijara asosida ko‘chib o‘tgandi. Kelishuv 2023 yil iyunigacha tuzilgan. Shartnomada sotib olish sharti yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Nyubel "Bavariya"ga qaytishni istamayapti, chunki u yerda doimiy o‘yin amaliyotiga ega emas. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi.