Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Jota: "Portugaliya maydonda Turkiyadan yaxshiroq ekanligini isbotlashiga umid qilaman"

Jota: "Portugaliya maydonda Turkiyadan yaxshiroq ekanligini isbotlashiga umid qilaman"

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogu Jota Jahon Chempionati-2022 musobaqasi uchun pley-off bosqichi doirasidan joy olgan Turkiyaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Turkiya siz o‘ylagandek oson raqib emas. Ular Niderlandiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi va bitta bahsda g‘alaba qozonishdi. Bu finaldek o‘yin bo‘ladi va umid qilamanki, Portugaliya maydonda Turkiyadan yaxshiroq ekanligini isbotlaydi.

Biz ushbu o‘yinga javobgarlik hissi bilan kirishimiz kerak, lekin bunga juda katta e’tibor qaratmasligimiz lozim. Bu futbol bahsi. O‘ylaymanki, mazkur o‘yinda g‘alaba qozona olamiz va biz finalga borish uchun sifatlarga egamiz. E’tiborimiz Jahon chempionatiga yo‘llanma olishga qaratilgan. Boshqa hech narsa haqida o‘ylamayapmiz.

Turkiya oson raqib emas, lekin Portugaliya g‘alaba qozonishi uchun barcha narsaga ega. Jamoa imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi uchun samarali harakat qilishi lozim. Shuningdek, Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun yaxshi jamoaviy ruhiyatni saqlab qolishimiz kerak. Gol urish muhim, ammo raqiblarga imkoniyat qoldirmaslik ham alohida ahamiyat kasb etadi".

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush: "Ertaga qanday o‘ynashimiz kerakligi haqida bor e’tiborimni qaratganman va biz nima qilish kerakligini bilamiz. Jamoaning e’tibori juda yuqori va katta motivasiyaga ega. Biz javobgarligimiz tufayli shu yerda ekanligimizni bilamiz va buni boshidanoq o‘z bo‘ynimizga olamiz. G‘alaba qozonishimiz va Jahon chempionatiga chiqishimiz kerak va e’tiborimiz ertaga bo‘ladigan Turkiyaga qarshi o‘yinga qaratilgan".

Turkiya terma jamoasi ustozi Stefan Kuntz: "Jamoa bizga kerak bo‘lgan ruhiy kuchga ega ekanligimizni ko‘rsatib berdi. Jamoa ruhiyati ham yordam beradi. Bir qancha qiyin o‘yinlarni o‘tkazdik, ammo g‘alaba qozondik. Hisobda ortda qolib ham g‘alaba qozona olamiz. Biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmiz".

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya - Turkiya bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 11:09, 24.03.2022.
O'qildi: 1796 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.