Agar Roberto Manchini Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketsa, uning o‘rniga "Skuadra Adzurra"ning sobiq sardori Fabio Kannavaro kelishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin italiyaliklar Shimoliy Makedoniya termasiga mag‘lub bo‘lgandi (0:1). “Skuadra Adzurra” Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga chiqa olmadi.