Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

APL tarixidagi eng yosh to‘purarlarni bilishni istaysizmi?

APL tarixidagi eng yosh to‘purarlarni bilishni istaysizmi?

Baho:
+ | -

Yillar davomida Premyer-liga murabbiylari o‘z jamoasidagi yoshlarga qo‘rqmay imkon berishga odatlanib kelishgan. Bunda ayrimlar keyinchalik yaxshi karyeraga ega bo‘lgan bo‘lsa, boshqalar esa katta bosim ostida o‘zini namoyon qilishga qiynalgan. Quyida e’tiboringizga APL tarixida gol urgan eng yosh futbolchilarni havola etamiz.

10. Mikael Forssell – 17 yosh va 342 kun

Finlyadiya terma jamoasi a’zosi «Chelsi»ga 1998 yilda olib kelinadi. U o‘shanda 17 yoshli o‘spirin yigitcha edi. Forssellning ilk APL goli «Nottingem Forest»ga qarshi kiritiladi. O‘shanda «Chelsi» raqibini 3-1 hisobida mag‘lub etgandi. Hujumchi 2005 yilda «Birmingem»ga sotib yuboriladi.

9. Rahim Sterling – 17 yosh va 317 kun

Ayni damda APL yulduzi bo‘lgan hujumchi «Liverpul»ning yosh talanti edi. Uning turnirdagi ilk goli mersisaydliklar safida, 2012 yilning oktabr oyida «Riding»ga qarshi kiritiladi. «Liverpul» keyinchalik uni «Man Siti»ga sotib yuborgan edi. Sterling o‘z vaqtida hujum chizig‘ida Luis Suares hamda Deniyel Starrijlar bilan ajoyib trioga ega bo‘lgan.

8. Deniyel Jebbison – 17 yosh va 309 kun

Hujumchi o‘zining ilk golini o‘tgan mavsumda kiritgan. Jebbison «Sheffild» safida «Everton»ga qarshi safar o‘yinida ajoyib golga mualliflik qilgan edi. U o‘tgan yili may oyida «tig‘chilar» bilan yangi bitim tuzgan. Ayni damda 18 yoshli futbolchi «Burton Albion» safida ijara asosida harakat qilmoqda.

7. Federiko Makeda – 17 yosh va 226 kun

Ayni damda Gresiya chempionatida harakat qilayotgan 30 yoshli futbolchi, bir paytlar Fergyuson davrida «MYU»da porlagan. 2009 yilning may oyida «Aston Villa»ga aynan Makedaning kiritgan yagona goli «qizil iblislar»ni chempionga aylantirgan edi.

6. Endi Tyorner – 17 yosh va 166 kun

O‘zining APLdagi ilk mavsumida Tyorner «Everton»ga gol uradi. 1992 yilda kiritilgan gol o‘shanda «Tottenxem»ning g‘alabasini ta’minlagan. «Shporlar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Tyorner atigi 21 marta maydonga tushirilgan, xolos. Chunki u jarohatlarga o‘ta moyil futbolchi edi.

5. Maykl Ouen – 17 yosh va 144 kun

Bir bora «Oltin to‘p» sohibiga o‘zining ilk golini urish uchun 15 daqiqa yetarli bo‘lgandi. Ouen 1996 yilda «Liverpul» safida «Uimbldon»ga qarshi o‘yinda tabloga o‘z ismini muhrlaydi. U shundan keyin mersisaydliklar uchun yana 157 ta golga mualliflik qildi. Ouen, shuningdek, Angliya terma jamoasi safida 40 ta gol urishga erishgan.

4. Fabregas – 17 yosh va 114 kun

Ayni damda «Monako» futbolchisi bo‘lgab Fabregas, yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan. Uning ilk qadamlari «Arsenal»da tashlandi. Arsen Vengerning 2000 yillar boshidagi jamoasida Fabregas debyut qiladi. U 2004 yilda «Blekbern Rovers» darvozasiga ilk APL golini yo‘llagan edi.

3. Ueyn Runi – 16 yosh va 360 kun

Runining ilk ligadagi goli «Arsenal» darvozasiga kiritilgan. O‘shanda u «Everton» sharafini himoya qilar edi. Ayni damda ingliz afsonasi «Derbi Kaunti» klubiga murabbiylik qilmoqda.

2. Jeyms Milner – 16 yosh va 356 kun

Ayni damda «Liverpul»ning qalqoni bo‘lgan futbolchi, o‘z faoliyatini «Lids»da boshlagan. Milner 2002 yilning dekabrida «Sanderlend» darvozasiga ilk marta gol kiritgandi. 36 yoshli faxriy yarim himoyachi hozirga qadar 600 dan ortiq o‘yinlarda ishtirok etgan.

1. Jeyms Von – 16 yosh va 270 kun

Von «Everton» safiga Runining o‘rnini bosishi uchun olib kelinadi. Hujumchi 2005 yilda «Kristal Pelas» bilan o‘yinda dastlabki APL golini urgan. Afsuski, Vonning keyingi faoliyati ortga ketdi. U o‘tgan yili futboldan ketganini e’lon qildi. Von hozirda Ikkinchi liga jamoasi bo‘lmish «Tranmir» klubida sport direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 22:55, 25.03.2022.
O'qildi: 1383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.