Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

O‘zbekistonlik bokschi Farrux Jo‘rayev texnik nokaut evaziga Kamshibek Kunkabayevga yutqazib qo‘ydi

O‘zbekistonlik bokschi Farrux Jo‘rayev texnik nokaut evaziga Kamshibek Kunkabayevga yutqazib qo‘ydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonning Almati shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘zbekistonlik Farrux Jo‘rayev (6-6-1, 2 KO) ham ishtirok etdi. Jo‘rayevga qozog‘istonlik Qamshibek Qo‘nqabayev (5-0, 3 KO) raqiblik qildi.

10 raundga mo‘ljallangan jang 2-raundda Qo‘nqabayevning g‘alabasi bilan yakunlandi. Qo‘nqabayevning bir qator kuchli zarbalaridan keyin hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi.

Shu tariqa, Qo‘nqabayev prof boksdagi beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Qayd etish kerak, mazkur bahsda Qamshibek JAR vakili Jonni Millerga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq afrikalik bokschi jarohat olgan va shu sababli Qamshibekka boshqa raqib topilgan.

Ma’lumot uchun, Jo‘rayev so‘nggi marotaba 2021 yilning noyabr oyida ringga ko‘tarilgan. O‘shanda u qozog‘istonlik boshqa bokschi Bekzad Nurdauletovga ochkolar evaziga yutqazib qo‘ygandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:00, 25.03.2022.
O'qildi: 2780 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.