Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kuboning bosh maqsadi - «Bernabeu»ga qaytish

Kuboning bosh maqsadi - «Bernabeu»ga qaytish

Baho:
+ | -

«Qirollik klubi» muxlislarining 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan «Malyorka» - «Real» o‘yinida raqib safida ijara muddatini o‘tayotgan yaponiyalik yosh iqtidor Takefusa Kuboga alohida e’tibor qaratishgani tayin. 20 yoshli hujumkor futbolchi ham asl jamoasiga qarshi bahsga alohida shaylangani o‘z-o‘zidan tushunarli. Zero, uning bosh maqsadi - «Santyago Berna-beu»ga tezroq qaytish. Yapon yigiti Marca nash­riga bergan intervyusida buni yana bir bora ta’kidladi. Taka shuningdek, CHLda «PSJ»ga qarshi kechgan bahsda ro‘y bergan «remontada»ga alohida to‘xtaldi, Luka Modrich va Vinisius Juniorga salom yo‘lladi.

- Taka, yozda oldingizda turli variantlar bor edi, jumladan, kuchliroq jamoa­lardan ham takliflar oldingiz. Biroq yakunda «Mal-orka»ga qaytishni ma’qul ko‘rdingiz. Nega?

- Chunki «Malyorka»ni yaxshi bilaman, jamoaning ko‘plab yigitlari bilan tanish edim. Qisqasi, barcha variantlar orasida shunisi eng yaxshisidek ko‘rindi.

- To‘g‘risini ayting, «Re­al»ga qarshi o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘rdingizmi?

- Menimcha, futbolchi har doim eng yuqori saviyasini ko‘rsatishga intilishi kerak. Buning uchun esa, mudom to‘g‘ri shug‘ullanish va o‘yinlarga munosib yondashish talab etiladi. To‘g‘ri, tan olaman, «Real» bilan uchrashuvning ahamiyati katta, baribir. Jumladan, men uchun.

- Sentyabr oyida tizzangiz jiddiy jarohatlandi. Muhimi, hammasi ortda qoldi, tiklanish jarayonida qiynalmadingizmi?

- Bu ham bir tajriba. Har holda, faoliyatimda ilk marta jiddiy jarohatga yo‘liqdim. Asosiysi, tibbiy shtab mutaxassislari, jamoadoshlarim va murabbiylar yordami bilan jarohatni asoratsiz yengib o‘tdim.

- Oxirgi vaqtlarda hakamlarga munosabat bildirishda ham ancha o‘zgarganingiz ko‘zga tashlanmoqda. Buni xarakteringiz shakllanayotganiga yo‘ysak bo‘ladimi?

- Ehtimol. Lekin tabiatan ancha bosiqman. Faqat raqiblar yaqqol qo‘pollik ishlatishsayu, bu holat e’tiborsiz qoldirilsagina hakam bilan muloqotga kirishishim mumkin.

- «Real» CHLda «PSJ»ni qanday yengganini ko‘rdingizmi?

- Albatta, ko‘rdim. Nima, shunday o‘yinni o‘tkazib yuborishim mumkinmidi? Ajoyib «remontada»! O‘yinda kuzatilgan yuqori sur’at va ayniqsa, «Madrid»ning yondashuvi e’tiborga molik, albatta. O‘zi «Santyago Bernabeu» chindan ham, har doim jamoaga o‘zgacha turtki beradi. Qisqasi, arena o‘sha oqshom ham o‘z ishini mukammal bajardi - sehrli kecha.

- Vaqti kelib, «Santyago»da «Madrid»ning xuddi shunday sehrli o‘yinlarida qatnashishni tasavvur qila olasizmi?

- Futbolchi borki, shunday elit bahslarda maydonga tushish va g‘alaba zavqini tu­yishni orzu qiladi. Albatta, men ham bundan mustasno emasman. Maqsadim o‘sha-o‘sha - «Madrid»ga qaytish.

- «PSJ» bilan bahsda sizni aynan qaysi futbolchi ko‘proq hayratga soldi?

- Luka Modrich! U - beqiyos.

- Vinisius o‘yinidagi o‘sishni qanday baholaysiz? U xuddi siz kabi vertikal futbolga ishtiyoqmand yosh futbolchi.

- O‘zi Vinisiusga oldin ham elit futbolchidek qarardim. Mana, hozirgi shaxsiy statistikasi adashmaganimni ko‘rsatib turibdi. Yaqqol sezilib turibdi, Vinnida o‘ziga ishonch hissi ancha ortgan. U joriy mavsum La Ligada eng yaxshi ijrochilardan biri ekanligini isbotlamoqda.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:35, 26.03.2022.
O'qildi: 2528 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик