Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbol tarixidagi "qassoblar"

Futbol tarixidagi "qassoblar"

Baho:
+ | -

Futbol muxlislari nafaqat yulduzlarni, balki boshqa futbolchilarni ham eslashadi - ularning asosiy xususiyati, birinchi navbatda, doimiy qo‘pollik edi. Bizning hikoyamiz jahon futbolining eng mashhur "qassoblari" haqida.

Suyaklarni sindiruvchi “psix”

Vinsent Piter (Vinni) Jons

1985-1998 yillarda  “UYEllstoun”, “Xolmsund” (Shvesiya), “Uimbldon”, “Lids”, “Sheffild Yunayted”, “Chelsi” va “KPR” klublarida markaziy himoyachi sifatida faoliyat olib borgan.

Uels terma jamoasi safida 9ta o‘yin o‘tkazgan.

Vinni Jons katta futbolga kech keldi. 20 yoshida u Angliyaninguchinchi ligasida paydo bo‘ldi: «Uellstoun” klubining murabbiylari qurilish maydonchasida beton qilayotgan bu yigitning jismoniy kuchidan hayratda qolishdi va dam olish kunlarida uni futbolda sinab ko‘rishdi.  Shunda ham Uels jamoasining bo‘lajak sardori o‘zining og‘ir fe’l-atvorini ko‘rsatdi. Birinchi mashg‘ulotda u sheriklaridan birining burnini sindirdi va klubdagi debyut uchrashuvlarining birida raqib muxlisilariga musht tushirishga ham ulgurgan.

Taqdir uni “Uimbldon”ga olib keldi, u yerda Jons, aytganidek, jamoa o‘ziniki bo‘ldi; "Uimbldon" o‘ta kuchli va tajovuzkor o‘yin ko‘rsatar edi. Ammo bunday o‘yin konsepsiyasi ham o‘z samarasini berdi - London jamoasi tez orada ancha kuchli jamoa bo‘lib shakillandi, u yerda Jons darhol Kenni Dalglish bilan mushtlashdi.

1988 yilda "Uimbldon" o‘z tarixida birinchi marta muhim narsani, ya’ni "Liverpul" bilan keskin o‘yinda Angliya kubogini qo‘lga kiritganidan so‘ng, Jons yana bir harakati bilan aqldon ozganligini ko‘rsatdi. U jamoaviy suratga teskari o‘girilib turli haqoratli ishoralar bilan rasmga tushdi.

"Tottenxem" bilan o‘yinda Jonsning jamoadoshi va do‘sti Jon Fashanu "shporlar" a’zosi Gari Stivens bilan bahslashib qolishdi. Vinni Jons esa bu vaziyatda ikki futbolchini ham mushtlari bilan siylagan. Biroq Fashanu mo‘’tadil ko‘karish bilan qutulib qolgan bo‘lsa, o‘ng tizzasining bog‘lamlari yirtilgan Stivens hech qachon futbolga qaytmagan. Ushbu o‘yindan so‘ng "Uimbldon" himoyachisi stadiondan chiqishda deyarli besh yuzta g‘azablangan "Tottenxem" ishqibozlarini kutib turgandi. Aqldan ozgan Jonsni mashinasining orqa o‘rindig‘iga yashirgan murabbiylardan biri Vinnini o‘limdan qutqargan.

 Jons bu bilan kifoyalanmagan va undan keyin ham ko‘plab futbolchilar undan aziyat chekkan. Vinni shu tariqa futbol olami “don”i deb topilgan.

Bilbaolik qassob

Andoni Goykoechea Olaskoaga

1975-1990 yillarda. - Bilbaoning “Atletik” va Madridning “Atletiko”si markaziy himoyachi

Ispaniya terma jamoasi safida 39ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan

Taxminan 12 yil davomida Ispaniyada qassob va yirtqich hayvonning ramziy laqablari bilan nom qozongan Andoni Goykoechea “Atletik” raqiblarida qo‘rquv uyg‘otgan. Katta jussa, jaxldor ko‘rinish bilan Goykoechea haqiqatan ham eng dahshatli ertakdan futbol maydoniga olib kelingan yirtqich hayvonga o‘xshardi. Aqldan ozgan Vinni Jonsdan farqli o‘laroq, Goykoechea makkorlik, ehtiyotkor va imkon qadar shafqatsiz harakat qilardi. Hakam e’tiboridan chetda qolgan qassob o‘zining qo‘polligi ko‘p takrorlar edi. Goykoechea provokasiyalardan qochmasdi: u yuziga tupurishi, kuchli tizzasi bilan chidab bo‘lmas darajada tepishi yoki musht tushirishi mumkin edi.

Qassob bilan bog‘liq birinchi chinakam shov-shuvli voqea 1983 yil 24 sentyabrda sodir bo‘lgan. U “Barselona”ning yangi yulduzi – argentinalik Maradona qayta-qayta yiqitgan. Vaziyatlardan birida hakam qaramayotganini sezgan Andoni Maradonaning to‘pig‘ini sindirgan va yana bir nechta kichik jarohatlar yetkazgan.

Keyinchalik, qassob Ispaniya va Yevropa gazetalarining birinchi sahifalarini bir necha bor ko‘rinish bergan. 1984 yilda u "Barsa"ning yana bir yarim himoyachisi Bernd  Shusterni jarohatladi. Bir yil o‘tgach, Goykoechea "Real Madrid"ga qarshi o‘yinda yana bir hunar ko‘rsatdi va yana hakam hech narsani ko‘rmay qoldi: dahshatli baskga "qaymoqranglilar" hujumchisi Emilio Butraguyenoning qorniga tirsagi bilan zarba yo‘llash uchun bor-yo‘g‘i bir necha soniya kerak bo‘ldi. Aytgancha, qassob maysazorda yotgan futbolchini tepishga ham muvaffaq bo‘lgan. 1986 yilda o‘sha "Real" bilan o‘yinda Goykoechea Ugo Sanchesni to‘xtatib, sochidan tortib yuziga musht tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Zo‘ravon "Matrisa"

Marko Materassi

“Trapani”, “Perujia”, “Karpi”, “Everton”, “Inter” va “Italiya” himoyachisi

2006 yilning shu kuni Zinedin Zidan jahon chempionati finalida Marko Materasiga boshi bilan zarba berib, faoliyatini yakunlagan edi.

Marko "Matrisa" Materassi A Seriyaning eng qo‘pol o‘yinchilaridan biri bo‘lib, u o‘zining provokasion iste’dodi bilan ham tanilgan. Biroq, siz o‘zingiz bu haqda allaqachon bilasiz. Jahon chempionati 2006. Italiya - Fransiya. Zinedin Markoning ko‘kragiga boshi bilan zarba bergan. Materassi jahon chempionatini boshi uzra ko‘targan kam sonli "qassoblar"dan biriga aylangan

2003 yilgi Milan derbisi vaqtida Materassi Andriy Shevchenkoni har tomonlama haqorat qilgan - u ukrainalikka tupurib, uning yuziga urgan, futbolkasini tortib, ifodali monologlar bilan javob berishga undagan. Biroq, eng esda qolarlisi, Matrisa hujumchini butunlay zararsizlantira olgan.

Oradan bir yil o‘tib Materassi “Siyena” himoyachisi Sirillo bilan mushtlashib qoldi. Butun o‘yin davomida Marko zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan holda sheriklarni Cirillo orqali hujumlar uyushtirishga undadi - bu raqib himoyasidagi eng zaif bo‘g‘in, deydi Materassi. Natijada so‘nggi hushtagi chalingandan so‘ng ikki himoyachi o‘zaro to‘qnash kelishgan va Matrisa Cirilloning burnini sindirdi.

Chempionlar ligasida Materassi “Vilyarreal” sardori Xuan Pablo Sorinning yuziga tirsak bilan daxshatli zarba berib, butun Yevropani larzaga solgan.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:27, 26.03.2022.
O'qildi: 4127 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.