“Brentford” va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
30 yoshli yarim himoyachi o‘yinning 48-daqiqasida – zaxiradan maydonga tushganidan ikki daqiqa o‘tib gol urdi.
E’tibor bering, bu uning Yevro-2020dagi yurak xurujidan keyingi ilk goli hisoblanadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi 4:2 hisobida Niderlandiya foydasiga hal bo‘ldi.