Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Grizmann, Pyanich va boshqalar: "Barsеlona"ning ijaradagi o‘yinchilari qanday ahvolda va ular endi jamoaga qaytadimi?

Grizmann, Pyanich va boshqalar: "Barsеlona"ning ijaradagi o‘yinchilari qanday ahvolda va ular endi jamoaga qaytadimi?

Baho:
+ | -

 

Hozirda “Barselona”ning 6 nafar futbolchisi ijarada.

Keling, ularning yangi klublardagi yutuqlarini ko‘rib chiqamiz va ularning transferini taxmin qilamiz.

Antuan Grizmann ("Atletiko Madrid")

Gollar: 8.

Golli uzatmalar: 5.

Grizmann Diyego Simeone qo‘l ostida yana o‘zini ko‘rsatmoqda. Fransiyalik futbolchi "Atletiko"ning Chempionlar ligasidagi muhim ijrochisi bo‘lmoqda. U musobaqada 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Orada 31 yoshli futbolchi mushaklaridan jarohat oldi va dekabrdan fevralgacha maydonga tusha olmadi, ammo u yana asosiy tarkibga qaytgan.

Tahminiy transferi: "Atletiko Madrid" Grizmannni 2023 yilda sotib olishdan oldin uning ijarasini yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.

Filippe Koutinyo («Aston Villa»)

Gollar: 4.

Golli uzatmalar: 3.

Braziliyalik futbolchi yanvar oyidan beri ijarada to‘p surmoqda va u allaqachon "Aston Villa"ning o‘yinlariga katta ta’sir o‘tkazmoqda.

29 yoshli futbolchi yana Premyer-ligaga qaytganidan xursand va u yerda o‘zini uyidagidek his qilmoqda.

Tahminiy transferi: "Aston Villa" Koutinyoni 40 million yevroga sotib oladi.

Miralem Pyanich (“Beshiktosh”)

Gollar: 0.

Golli uzatmalar: 4.

Bosniyalik futbolchi turklar uchun muhim o‘yinchi bo‘lgan, biroq uning jaohati futbolchiga ancha halaqit bermlqda.

31 yoshli futbolchi 79 kundan beri maydonga tushgani yo‘q. Pyanich hozir ham jarohatda.

Tahminiy transferi: “Beshiktosh” futbolchini arzimagan pulga sotib olishi mumkin.

Fransisko Trinkau (“Vulverxempton”)

Gollar: 2.

Golli uzatmalar: 1.

So‘nggi haftalarda portugal "Vulverxempton" uchun yaxshi o‘yin ko‘rsata boshladi. "Lids Yunayted"ga qarshi o‘yinda u asosiy tarkibga kiritilganidan so‘ng gol urdi va assistentlik qildi.

Tahminiy transfer: Trinkau "Barselona"ga qaytadi, ammo kataloniyaliklar uni Portugaliyaning "Sporting" yoki "Benfika" klubiga sotishadi; Qanot futbolchisi Adama Traore bilan shartnoma imzolashda savdo vositasi sifatida ham foydalanishi mumkin.

Inyaki Penya (“Galatasaroy”)

Uchrashuvlar: 8.

O‘tkazib yuborilgan gollar: 11.

"Galatasaroy" “Barselona”ning uchinchi darvozabonining o‘yinidan ko‘ngli to‘lmoqda - u ayniqsa Yevropa Ligasi "blaugranas"ga qarshi o‘yinlarda yaxshi o‘ynadi.

Tahminiy transfer: "Barselona" keyingi mavsumda Penyani jamoada olib qoladi va Mark-Andre ter Shtegendan keyin jamoaning ikkinchi raqamli posboni bo‘ladi.

Aleks Kollado (“Granada”)

Gollar: 0.

Golli uzatmalar: 1.

Kollado yanvar oyida "Granada"ga o‘tganidan beri unchalik yaxshi taassurot qoldirmayotgan edi. Vaholanki, uning “Alaves”ga qarshi so‘nggi o‘yini haqiqatdan ham ajoyib bo‘lgan, u o‘sha kuni  hujumkor o‘yin ko‘rsatdi va golli uzatma amalga oshirdi.

Transfer tahmini: "Barselona" vingerni shu yozda sotadi. Hozircha unga jiddiy xaridor topilganicha yo‘q.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 20:53, 27.03.2022.
O'qildi: 3934 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.