Milanning “Inter” klubi va Argentina terma jamoasi futbolchisi Lautaro Martines koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda “Inter” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Martines taxminan bir hafta oldin koronavirus bilan kasallangan edi. U Argentina terma jamoasi bilan xalqaro o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.