"Tottenxem" futbolchisi poytaxtga qaytmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, "shporlar"ning ijaradagi hujumchisi Jek Klark yozda jamoaga qaytadi.
21 yoshli vinger ayni damda quyi divizion vakili bo‘lgan "Sanderlend" safida harakat qilmoqda.
U mavsum boshida buyon "qora mushuklar" safida 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urishga erishgan. "Tottenxem" Klarkni 2019 yilda "Lids"dan 10 million funtga sotib olgan edi.