Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Flamengo» mundialdan ustunmi?

«Flamengo» mundialdan ustunmi?

Baho:
+ | -

Sarlavhadagi savolga faqat futbol murabbiyi kasbini tanlaganlar javob berishlari mumkin. Lekin javoblar turlicha bo‘lishiga oldindan kafolat bera olamiz, albatta. Masalan, portugaliyalik Paulu Souza terma jamoa bilan JCH-2022 yo‘llanmasi uchun kurashish va mundial ishtirokchisiga aylangan taqdirda, terma jamoani 2024 yilgacha boshqarish imkoniyatidan ko‘ra, «Flamengo»da ishlashni afzal bildi.

O‘tgan yil yanvarida Polsha terma jamoasi yangi bosh murabbiy tasarrufiga o‘tgandi. O‘z vaqtida «Yuventus», «Borussiya» Dortmund, «Inter» va boshqa jamoalarda to‘p surgan Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi 2008 yilda murabbiylik sohasida ish boshlagandi.

Angliya, Vengriya, Isroil, Shveysariya, Italiya, Xitoy va Fransiyadagi faoliyati davomida yosh mutaxassis yirik g‘alabalarga erisholmadi, Tel-Avivning «Makkabi» va Shveysariyaning «Bazel» jamoalarini chempionlik sari yetakladi. Top-chempionatlar jamoalarini risoladagidek boshqargan bo‘lsada, nomdor klublar e’tiborini qozona olmadi.

Shu bois, 2020 yilning avgustida «Bordo»dan iste’foga chiqarilgan Paulu 2021 yil yanvarida Polsha terma jamoasini mamnuniyat bilan qabul qilgandi. Ana shu qaror portugaliyalik mutaxassisga yirik musobaqalar eshiklarini ochdi. Jumladan, u Yevro-2020 ishtirokchisiga aylandi. Garchi Robert Levandovski jamoasi Shvesiya, Ispaniya va Slovakiyadan iborat guruhdan chiqa olmagan bo‘lsada, mutasaddilar Souzani JCH-2022 saralashining yakuniga qadar olib qolishga qaror qilishdi. Bu turnirda polyaklar yengilmas Angliyadan ke-yin ikkinchi o‘rinni egalladilar.

Mundial yo‘llanmasini naqd qilish uchun Souza shogirdlari oldida ikki to‘siq qolgan, ulardan biri - Rossiya terma jamoasi edi. Ruslarga qarshi uchrashuvga bir necha oy qolganida, portugaliyalik murabbiy to‘satdan o‘z lavozimidan voz kechib, Braziliyaning «Flamengo» klubida ishlashni lozim topdi. Qaror kutilmagan va mantiqqa zid ekanligiga shubha yo‘q. Axir Souza tarixiy voqea - mundial ishtirokchisiga aylanishga juda yaqin turgandi. Taajjubki, murabbiy bunday ajoyib imkoniyatdan ummon ortidagi klubni afzal ko‘rdi. To‘g‘ri, Braziliya - iqtidorlar makoni, qirol Pelening vatani. Lekin futbol olamida «top»lar maqomida emas.

Qizig‘i shundaki, Polsha futbol ittifoqi Paulu Souzaning hech bo‘lmaganda JCH-2022 yo‘llanmasi taqdiri hal bo‘lgunicha ketishiga qat’iyan qarshi edi. Bundan tashqari, jamoa mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, murabbiyga Yevro-24 saralashida ham termani boshqarishi va’da qilingandi. Lekin shu bilan birgalikda, rahbariyat bilan murabbiy o‘rtasidagi munosabat idealdan yiroq ekanligini ham inobatga olish lozim. Souzani hozirda UYEFA vise-prezidenti lavozimida ishlayotgan, PFIning sobiq rahbari Zbignev Bonek taklif etgandi. Uning o‘rnini egallagan Sezariy Kulesha esa «oq-qizillar»ning portugaliyalik ustozi bilan chiqisha olmayapti.

Yana bir e’tiborli fakt shuki, «Flamengo»ga ketishi xususida gap-so‘zlar yuzaga kelganida, Souza Kuleshaga xavotir olmaslikni, o‘z lavozimidan voz kechish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgandi. Biroq kutilmaganda portugaliyalik murabbiyning rejasi o‘zgarib qoldi va u o‘z xohishi bilan amaldagi shartnomasini muddatidan avval bekor qilish harakatiga tushib qoldi. Bu yo‘lda PFIga 300 ming yevro tovon puli to‘lashga ham rozi bo‘ldi. Shu tariqa Paulu Souza «Flamengo» bosh murabbiyi bo‘lib oldi.

Xo‘sh, nima uchun bunday bo‘ldi? Sababi - mablag‘. O‘z vaqtida Souzani qo‘llab-quvvatlagan Bonek yaqinda uni jiddiy tanqid ostiga oldi: «Mablag‘ni odob-axloq va insoniylik prinsiplaridan yuqori qo‘ygan Paulu Souza voqelikni his etish xususiyatini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsa, ajabmas. PFI prezidenti munosib nomzodni tayinlasin, biz o‘yinni davom ettiramiz».

O‘tmishning taniqli afsonasi nimani nazarda tutganini yaxshi tushunadi. Hamma gap mablag‘da. Paulu Souzaning Polsha terma jamoasidagi yillik sof ish haqqi 840 ming yevro. Zimmasiga jiddiy vazifalar yuklatilgan mutaxassis uchun o‘ta kamtarin qiymat. «Flamengo» rahbarlari Souzaga yiliga 1,9 mln. yevro va’da qilishdi, soliqlardan tashqari sof maosh. Bundan tashqari, bosh murabbiy assistentlari ham «sholi» bahonasida suvga qongan «kurmaklar» sifatida risoladagidek maosh oladigan bo‘ldilar. Mana shu jihat ham Souzaning Braziliya variantiga moyilligini oshirdi.

Maoshi ikki baravardan ko‘proqqa ko‘tarilishi aniq bo‘lgan mutaxassis shartnomani buzgani uchun tovon pulini to‘ladi. Terma jamoa esa, JCH yo‘llanmasi uchun kurashning so‘nggi bosqichida murabbiysiz qoldi. Polshaliklar o‘ta murakkab vaziyatni - qisqa vaqt ichida muhitga moslashib, Levandovski yetakchiligidagi jamoa ko‘ngliga yo‘l topgan holda, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga qodir bo‘lgan malakali murabbiyni topish zaruratini boshdan kechirdilar. Souza o‘ta muvaffaqiyatli bo‘lmasada, jamoa uning uslubiga ko‘nikib ulgurgan va muayyan vazifalarni uddalayotgandi. Bu yog‘i qanday kechishi esa noma’lum...

Braziliyaning «Flamengo»si «A» seriya mavsumini chempion «Atletiko Mineyro»dan 13 ochkoga ortda qolgan tarzda 2-o‘rinda yakunladi. Jamoa shuningdek, Libertadores kubogida finalga chiqib, hal qiluvchi bellashuvning qo‘shimcha vaqtida nufuzli sovrinni «Palmeyras»ga boy berdi. Shundan keyin klub mutasaddilari Renato Gausho bilan hamkorlikni to‘xtatib, Souzani taklif etishdi va ikki yillik shartnomani rasmiylashtirishdi.

«Ko‘hna qit’a»da o‘z o‘rniga ega bo‘lgan terma jamoa rahbarligidan voz kechib kelgan portugaliyalik mutaxassis Janubiy Amerikaning eng sov­rindor jamoalaridan bo‘lmish «Flamengo» talabini qondira oladimi yoki o‘tmishdoshining qismati takrorlanadimi, buni albatta, vaqt ko‘rsatadi. Lekin portugaliyalik murabbiy mazkur qaroridan afsuslanmasligini hozirning o‘zida ta’kidlay olamiz. Norasmiy manbalar xabariga ko‘ra, Paulu Souza bilan Braziliya klubi o‘rtasida imzolangan kelishuvda katta miqdordagi tovon puli belgilangan. Agar «Flamengo» hamkorlikni muddatidan avval bekor qilishni istasa, Souzani rozi qilishi oson bo‘lmaydi. Nima ham derdik, pul bilan olib ketishni uddalaganlar, xalos bo‘lishga ham imkon topadilar!

P.S.: Ma’lumot uchun, UYEFA va FIFA Ukrainadagi harbiy harakatlar tufayli Rossiya termasiga nisbatan sanksiya qo‘llab, jamoani saralash bahslaridan chetlatdi. Natijada, Polsha termasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri «pley-off»ning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Endi «o‘tish o‘yinlari»ning final raundida polyaklar 24 mart (bugun) bo‘lib o‘tadigan Shvesiya - Chexiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahsda mundial yo‘llanmasi taqdirini hal qilishadi. Aytgancha, 31 yanvar kuni Cheslav Mixnevich Polsha termasi bosh murabbiyligiga tayinlandi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:27, 28.03.2022.
O'qildi: 1089 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.