Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Reyting: Quloq soling, kupyura tovushi...

Reyting: Quloq soling, kupyura tovushi...

Baho:
+ | -

Fransiyaning L~Equipe nashri Yevropaning kuchli 5ta ligasiga bog‘liq yangi maosh reytingini e’lon qildi. Hozircha faqat eng katta maoshga ega futbolchilarni ko‘rib chiqamiz. Aytish o‘rinli, reytingda soliq to‘lovidan oldingi taxminiy miqdor keltirilgan. Zero, futbolchining ish haqida ko‘plab omillar ta’siri bor: bonuslar, statistik ko‘rsatkichlar, ehtimoliy jarimalar...

LIGA 1 (Fransiya)

*** Fransiya futbolida hammasi oddiy: eng ko‘p maosh olayotgan 20 nafar futbolchining 18 nafari «PSJ» vakili. Top-20talikda yana «Monako»dan bir juft futbolchi bor - Vissam Ben Yedder (15-o‘rin, oyiga 650 ming yevro) va Fransesk Fabregas (18-o‘rin, oyiga 600 ming yevro).

*** Peshqadam Neymarning oylik ish haqi 4,083 million yevro teng. Eslatma, braziliyalik yulduz o‘tgan yilning may oyida «PSJ» bilan shartnomasi muddatini uzaytirgandi. U eski kelishuvga ko‘ra, nisbatan kamroq olardi - oyiga 3,06 million yevro. Reytingning keyingi o‘rinlari Lionel Messi (oyiga 3,375 million yevro) va Kilian Mbappe (oyiga 2,22 million yevro)ga tegishli.

*** O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda, Liga 1da o‘zgarish katta emas: «PSJ» hamon eng ko‘p maosh beruvchi klubdir. To‘g‘ri, eng serdaromad futbolchilar ro‘yxatida yangilar ko‘p: Lionel Messi, Ashraf Hakimi, Jorjinyo Veynaldum va Janluiji Donnarumma.

 

APL (Angliya)

*** Diqqat, APLda eng ko‘p maoshga ega 5 nafar futbolchi ham Manchester klublarida o‘ynamoqda. Oddiy aytganda, kuchli 5talikda «MYU» vakillari orasida «Manchester Siti»dan birgina Kevin de Bryuyne bor (2-o‘rin, oyiga 2,06 million yevro).

*** Reytingning 1-o‘rnida oyiga 2,6 million yevro oladigan Krishtianu Ronaldu bormoqda. Qarang, portugaliyalik yulduzning ish haqi Fransiyadagi azaliy raqibi Lionel Messinikidan sezilarli darajada kam.

*** Elit ro‘yxatda «MYU»ning ikki nafar yangi futbolchisi bor - Jeydon Sancho (oyiga 1,85 million yevro) va Rafael Varan (oyiga 1,62 million yevro). Ular o‘tgan yili yetakchilar qatorida bo‘lishgan Rahim Sterling va Pol Pogbani chetga surishdi. Qizig‘i, bir yil avval APLreytingini Garet Beyl boshqargandi. To‘g‘ri, o‘shanda uelslik yulduzning 2,5 million yevroga teng maoshidan bir qismigina «Tottenxem» zimmasida edi.

 

BUNDESLIGA (Germaniya)

*** Germaniyada hammasi barqaror. Robert Levandovski haqli ravishda peshqadam - oyiga 2 million yevro.

*** Eng katta maoshga ega 7 nafar futbolchi  «Bavariya»da. Bunda ham ajablanadigan tomoni yo‘q.


LA LIGA (Ispaniya)

*** Lionel Messi ketgach, La Liga maosh reytingi ancha o‘zgardi. Argentinalik «nahang» «Barselona»da oyiga naq 10,5 million yevro olardi - kosmos! Shuningdek, «Atletiko»ga qaytgan Antuan Grizmann ham endi nisbatan kamroq maosh bilan qanoatlanmoqda.

*** Ammo reytingni hamon «Barselona» futbolchisi boshqarmoqda - Jerar Pike. Vaholanki, 2021 yilning yozida uning o‘z maoshini qisqartirish evaziga klubni tanazzuldan qutqarib qolgani aytilgandi. Amalda esa Pike o‘ziga tegishli ish haqini ortig‘i bilan olmoqda.

*** La Ligaga qaytgan «yalqov» Garet Beyl va qandaydir karomat ko‘rsatolmayotgan Eden Azarning ish haqi teng - oyiga 2,2 million yevro. Ajoyib-a.. «Real» safiga erkin agent maqomida qo‘shilgan David Alaba  ham eng «olg‘ir»lar qatorida.

 

«A» SERIYA (Italiya)

*** «A» seriya maosh reytingini Paulo Dibala boshqarmoqda, biroq u yozda «Yuventus»dan ketsa kerak, har holda, haligacha yangi shartnoma masalasida klub bilan kelisholmadi.

*** Eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxatining yuqorisi «Yuventus» vakillari bilan band. Faqat bir «begona» bor - «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali (oyiga 0,93 million yevro).

*** O‘tgan yilgi reytingga nisbatan olsak, «A» seriyadan ketgan Romelu Lukaku va Kristian Eriksen (oyiga 0,95 million yevrodan olishardi) o‘rniga Leonardo Bonuchchi (3-o‘rin) va «Yuventus»ning qishki xaridi Dushan Vlaxovich ko‘tarilishdi.

 

UMUMIY MANZARA

*** Umumiy reytingda «PSJ» juftligi  - Neymar va Lionel Messi peshqadam, ke­yingi o‘rinlar Krishtianu Ronaldu, Jerar Pike va Kilian Mbappega tegishli.

*** Reytingning yuqori o‘rinlari asosan hujumchilarga tegishli, ular orasiga faqat Jerar Pike kirib olgan. E’tiborlisi, u Liga 1da kuchli 10talikdan ham chetda qolgan Serxio Ramosga nisbatan deyarli 3 baravar ko‘p maosh oladi. «PSJ»da «dam olayotgan» «Real»ning sobiq sardori 0,8 million yevroga teng oylik ish haqi bilan Fransiyada atigi 12-o‘rinda.

*** 1 yil davomida maosh bobida eng ko‘p yo‘qotgan futbolchi - Lionel Messi. Argentinalik yulduz Kataloniyadagi 10,5 million o‘rniga Parijda 3,375 million yevro bilan cheklanmoqda. Taxminan 3 baravar kam.

 

SOLIQ TARIFI QANDAY?

Aksariyat mamlakatlarda progressiv soliq tizimi amalda - daromad oshgan sari foiz ham ko‘tariladi.

Angliya: 180 ming yevro (150 ming funt)dan ortiq yillik daromad uchun 45 foiz soliq.

Fransiya: 158 ming yevrodan ortiq yillik daromad uchun 45 foiz soliq. Faqat Monakoda boshqacha - knyazlik klubi futbolchilari soliq to‘lamaydilar, ammo ish beruvchi o‘z xodimi daromadining 13 foizi miqdorida ijtimoiy to‘lovni amalga oshirishi kerak.

Italiya: 75 ming yevrodan ortiq yillik daromad uchun 43 foiz soliq.

Ispaniya: 300 ming yevroga teng yillik daromad uchun 125,9 ming yevro, bundan ortig‘i uchun 47 foiz soliq.

Germaniya: 274 ming yevroga teng yillik daromad uchun 45 foiz soliq.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:30, 31.03.2022.
O'qildi: 2357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.