Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Diyor Imomxo‘jayev O‘zPFL bosh direktori etib tasdiqlandi

Diyor Imomxo‘jayev O‘zPFL bosh direktori etib tasdiqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasining yangi saylangan tarkibdagi ilk yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasining jami 9 nafar a’zosidan 8 nafari ishtirok etdi. Jumladan, tashkilot rahbari Diyor Imomxo‘jayev, O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedov, O‘FAning Ayollar futboli bo‘limi boshlig‘i Aziza Tatlimuratova, O‘zPFL yuriskonsulti Oybekxon Ibrohimxonov, AGMK futbol klubi bosh direktori Bahodir Mirzayev, «Lokomotiv» futbol klubi bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov bevosita qatnashgan bo‘lsa, 2 nafar a’zolar – «Nasaf» futbol klubi bosh direktori Alisher Yusupov hamda «Xorazm» futbol klubi bosh direktori Maqsud Karimov Zoom platformasi orqali ishtirok etishdi. Bir nafar Ijroqo‘m a’zosi «Turon» futbol klubi prezidenti – Olimxon Ahmedov esa ayni paytda xorij safarida ekani bois ovozini alohida taqdim etdi.

O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida tashkilot bosh direktori lavozimiga O‘FA prezidenti kiritgan taqdimnomaga asosan Diyor Imomxo‘jayev nomzodini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, 2020 yilning 25 may kunidan boshlab O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Diyor Imomxo‘jayev ortda qolgan muddat davomida amalga oshirgan ishlar inobatga olingan holda O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ustaviga muvofiq O‘FA prezidentining taqdimnomasiga asosan Liganing Ijroiya qo‘mitasi a’zolari tomonidan ovoz berish yo‘li orqali lavozimga tasdiqlandi. Ijroiya qo‘mitasining barcha a’zolari ushbu nomzodni tasdiqlash uchun ovoz berishdi va Diyor Imomxo‘jayev 4 yil muddatga O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori etib tasdiqlandi.

Kiritildi: 17:13, 31.03.2022.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик