Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Doiradan tashqarida yoxud Afrikaning super yulduzlari Qatarga bormaydi!

Doiradan tashqarida yoxud Afrikaning super yulduzlari Qatarga bormaydi!

Baho:
+ | -

2022 yilgi Jahon chempionati uchun saralash turnirlarining so‘nggi sikli ham ortda qoldi. Biz bunda mundialga boradigan ko‘plab jamoalar nomini bilib oldik. Xususan, Afrikadan ham. «Qora qit’a» uchun JCHga jami beshta yo‘llanma ajratilgan bo‘lib, ularning egalari ma’lum qilindi. Demak, Afrika sharafini Gana, Nigeriya, Tunis, Kamerun hamda Senegal terma jamoalari himoya qiladi. Afsuski, ushbu davlatlardan tashqari, bir necha terma jamoalar va ularning futbolchilari eng nufuzli turnirga yetib bora olmaydi. Ular ichida Yevropaning eng mashhur mega yulduzlari ham bor. Quyida afrikalik futbolchilarning ko‘zga ko‘ringan besh vakilini sanab o‘tamiz.

Riyad Maxrez – Jazoir

Jazoir Afrika Millatlar kubogida ham o‘ta omadsiz qatnashgan edi. O‘shanda ular guruhda qolib ketgan. Ammo Maxrezning jamoasida Kamerunga qarshi pley-off bahsi bo‘lib, hammasini to‘g‘irlash imkoni bo‘lgan. Biroq, bu sodir bo‘lmadi. Jazoir o‘z uyida 2-1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Garchand ular mehmondan kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa ham, bu yetarli bo‘lmaydi. Chunki Afrikada «mehmondagi gol» qoidasi hali ham amal qilmoqda. Bu esa «Manchester Siti» yulduzi Maxrezni mundialni o‘z uyidan turib tomosha qilishini anglatadi.

Muhammad Saloh – Misr

«Liverpul» hujumchisi o‘z jamoasi Senegalga dramatik ravishda mag‘lubiyatga uchraganidan keyin, Jahon chempionatiga bormaydigan bo‘ldi. Saloh penaltilar seriyasida o‘z imkoniyatini ko‘kka sovurgan edi. Uning klubdoshi Mane bunday qilmadi. Senegal yetakchisi so‘nggi zarbani aniq ijro etgan edi. Ushbu bahs Misrni qaytadan qaqshatqich ahvolga soldi. Chunki Muhammad Saloh jamoasi Afrika chempionati finalida ham penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi.

Viktor Osimxen – Nigeriya

Nigeriya o‘z uyida Gana bilan 1-1 hisobida durang qayd etdi. Bu esa Gananing foydasiga ishladi. Chunki yana mehmondagi gol qoidasiga amal qilindi. «Napoli» hujumchisi Viktor Osimxen esa Afrika Millatlar kubogini o‘tkazib yuborgani yetmaganidek, endi Jahon chempionatidan ham quruq qoldi. Shunday qilib, Nigeriya o‘zining o‘n minglab muxlislari qarshisida chiptani boy berdi.

Sebastyan Aller – Kot-d'Ivuar

Erdiviziyaning eng yorqin vakili bo‘lib turgan Aller ham Qatar tuprog‘iga yetib bora olmaydi. Uning «Ayaks»dagi natijalari, terma jamoasiga yordam bermadi. 27 yoshli hujumchi «Fil suyagi qirg‘og‘i»dan Osiyoga uchmaydi. Negaki, ivuarliklar hatto pley-offga ham chiqa olmagan edi.

Nabi Keyta – Gvineya

«Liverpul»ning yana bir yorqin yulduzlaridan biri o‘z jamoasini Qatarga olib bora olmaydi. Keyta saralash bahslarida Gvineya sharafini himoya qildi va jamoasi bilan guruh bosqichidayoq mahv etildi. Shu sabab u Saloh singari qishda dam oladi. Gvineya Afrika Millatlar kubogiga saralashda ham dahshatli salbiy natija qayd etgan. Keyta o‘shanda oltita o‘yinning birortasini ham g‘aalaba bilan yakunlay olmagan edi.

 


ISMATOV J.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:11, 31.03.2022.
O'qildi: 1932 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик