Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

O‘zbekistonlik futbolchilarga kelishilgan o‘yinlarga qarshi Red Button ilovasidan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda

O‘zbekistonlik futbolchilarga kelishilgan o‘yinlarga qarshi Red Button ilovasidan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zPFL kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan yaqindan hamkorlik olib bormoqda.

Xususan, hamkorlik doirasida Xalqaro Professional futbolchilar assosiasiyalari federasiyasi (FIFPRO) tomonidan ishlab chiqilgan Players Red Button (futbolchilarning qizil tugmasi) ilovasi endilikda o‘zbekistonlik futbolchilar tomonidan ham foydalaniladi.

Red Button ilovasi smartfonlarga o‘rnatiladi va undan faqatgina professional futbolchilar foydalanadi. Ilova yordamida futbolchi kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq holat yoki ma’lumotlarni sezgan taqdirda, bu haqida ismi oshkor etilmasdan, xavfsiz va anonim tarzda xabar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Ishchi guruh tashkil qildi. Ushbu ishchi guruh Players Red Button ilovasi haqida klublar futbolchilariga tushuntirish ishlarini olib borib, futbolchilarga ushbu ilovadan foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatmoqda.

Hozirga qadar bunday uchrashuv “Paxtakor”, “Dinamo” hamda “Qizilqum” jamoalari a’zolari bilan o‘tkazildi.  

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:30, 01.04.2022.
O'qildi: 1034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик