Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Lionel Messi blokcheyn platformasi bilan 20 mln dollarlik shartnoma imzoladi

Lionel Messi blokcheyn platformasi bilan 20 mln dollarlik shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi va «PSJ» klubi hujumchisi Lionel Messi Socios blokcheyn platformasi bilan shartnoma imzoladi.

Dastlabki bitim 3 yilga mo‘ljallangan. Argentinalik futbolchi brendning rasmiy elchisiga aylandi. Socios Lionel bilan bir qator tokenlar seriyasini chiqarish ehtimoli ham bor. Ushbu hamkorlik Messiga 20 million dollardan ko‘proq daromad keltirishi kutilmoqda.

Socios — Chillz kriptovalyuta startapi yaratuvchilari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan saydcheyn-platforma. Unga hamkor bo‘lgan kompaniya o‘zining tokenini yaratishi mumkin. Ushbu kompaniya ko‘plab mashhur futbol klublari bilan hamkorlik qiladi. «PSJ», «Barselona», «Yuventus» va «Inter» jamoalari shular jumlasidan.

34 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsum parijliklar safida barcha musobaqalarda 26 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:15, 01.04.2022.
O'qildi: 2314 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик