Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Mirjalol Qosimov: "G‘alaba ruhiy tomonlama bosimni yengish uchun juda zarur edi"

Mirjalol Qosimov: "G‘alaba ruhiy tomonlama bosimni yengish uchun juda zarur edi"

Baho:
+ | -

Superliganing 4-tur doirasidagi "Surxon" — AGMK (1:2) uchrashuvidan keyin an’anaviy tarzda o‘tkazilgan matbuot anjumanida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

"Mavsumni yomon boshladik. Dastlabki ikkita o‘yindan keyin ochko qo‘lga kiritilmagach ruhiy jihatdan bosim ostida qolgandik. Ushbu g‘alaba bizga ruhan yordam beradi, deb o‘ylayman. "Surxon" oxirigacha kurashadigan jamoa. "Olimpik" va "Navbahor"ga qarshi bahslarda bugungi raqibimiz hisob qanday bo‘lishidan qat’iy nazar so‘nggi soniyalargacha kurashdi. Raqibni o‘rganib chiqib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. "Surxon" uzun paslar bilan o‘ynashini bilardik, yakkakurashlarga ham katta e’tibor qiladigan jamoa. G‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilmadi".

— Anzur Ismoilov va Alisher Jalilovdek futbolchilarning zaxirada qolishi bu ularning jismoniy holati bilan bog‘liqmi yoki raqobat bilanmi?
— Ismoilov Turkiyada yelkasidan jarohat olgandi. Bekoboddagi o‘yinda ikki futbolchimiz jarohatlangan, ikki futbolchimiz qizil kartochka olgandi. Sanjar Tursunov ham hali to‘liq tayyor emas. Anzur 1,5 oy deganda bugun ilk bor maydonga tushdi. Jalilov kuni kecha Namangandagi xalqaro musobaqada terma jamoa safida 4 kun ichida ikkita to‘liq o‘yinni o‘tkazgani tufayli uni zaxiradan uchrashuvga qo‘shdim.

— Tajribali murabbiy sifatida nima deb o‘ylaysiz: O‘zbek futbolida VAR'dagi bahsli vaziyatlarni ko‘rish uchun juda ko‘p vaqt ketmayaptimi?
— Bu tanganing bir tomoni, boshqa tomoni esa har bir o‘yin jangovar tarzda o‘tmoqda, hech kim yutqazgisi kelmayapti. Mana shu bois shunday holat kuzatilmoqda. Lekin dunyodagi yangiliklar bilan hamnafas bo‘lish kerak. VARni yanada takomillashtirib, qarorni tezroq qabul qilinsa buning zarari yo‘q. Zamon bilan hamnafas bo‘lish kerak. Hozirgi futbolda VAR orqali haqiqat ko‘proq qaror topmoqda. Buni zararidan ko‘ra foydasi ko‘proq, fikrimcha.

— Sizning jamoangizda penaltini kim tepishini kim hal qiladi? Ya’ni, o‘ziz tayinlaysizmi yoki futbolchilar maydonda o‘zlari kelishib olishadimi?
— O‘yindan oldin ko‘rsatma berilayotganda har bir standart vaziyatlarini kim ijro etishini o‘zim alohida tayinlayman. Qo‘limdagi qog‘ozda barchasi yozilgan, istasangiz ko‘rsataman.

Manba: АГМК клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 04:57, 02.04.2022.
O'qildi: 938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.