Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Erik Bayi: «Kot-D Ivuar nomidan o‘ynayotganim - faxr»

Erik Bayi: «Kot-D Ivuar nomidan o‘ynayotganim - faxr»

Baho:
+ | -

Chinakam professional futbolchi sifatida shakllanish maqsadida 17 yoshidayoq yaqinlaridan uzoqlashib, Yevropaga yo‘l olgan Erik Bayi bugun Angliyada Kot-d~Ivuar nomidan to‘p surayotganidan bag‘oyat baxtiyor. Allaqachon 27 yoshni urib qo‘ygan baquvvat himoyachi yevroarenadagi faoliyatini Ispaniyaning «Espanyol» jamoasida boshlagandi. Ivuarlik futbolchi shundan 3 yil o‘tib, La Ligada debyutini nishonladi, keyin 18 oy davomida «Vilyarreal» sharafini himoya qildi. 2016 yili esa «MYU» safini to‘ldirdi. Erik «qizil iblislar» futbolchisi maqomida Kot-d~Ivuar milliy jamoasining naq 27ta o‘yinida qatnashdi. Umuman, Bayi o‘z mamlakati bosh jamoasi libosida 42 marta maydonga tushishga ulgurdi. U yaqinda manutd.com saytiga intervyu berib, jonajon vatani uchun har qanday mushkulotlarni yengib o‘tishga tayyorligini bildirdi.

- Erik, odatda Kot-d~Ivuar milliy jamoasi yig‘iniga katta ishtiyoq bilan yo‘l olasiz. Vaholanki, uzoq parvozlar har qanday futbolchini toliqtirib qo‘yishi mumkin...

- Kot-d~Ivuar men uchun hammasidan ustun. Bu - vatanim, oilam, do‘stlarim. Shunday ekan, milliy jamoaga borishda qandaydir muammo ko‘rishim mumkinmi? Aksincha, Ang­liya va Manchesterda Kot-d~Ivu­ar vakili sifatida o‘ynayotganim alohida g‘urur bag‘ishlaydi. Umuman, Kot-d~Ivuar haqida gapirganda, hamisha to‘l­qinlanib ketaman. Vatanga muhabbat shu bo‘lsa kerak.

- Bilamizki, Kot-d~Ivuar futboli ko‘plab iqtidorlari bilan mashhur. Biroq milliy jamoa jahon arenasidagi katta yutuqlari bilan maqtanolmaydi. Buni qanday izohlaysiz?

- Ha, mamlakatimizdan ajoyib futbolchilar chiqqan. Xususan, Didye Drogba Yevropada ham afsona darajasiga ko‘tarildi. Esimda, Kot-d~Ivuar milliy jamoasi o‘ynaganida, Drogba harakatiga alohida e’tibor qaratardim. Oddiy aytganda, uning o‘yini hamma qatori menga ham zavq bag‘ishlardi. Endi savolingizga kelsak, barchasi infratuzilma va tizimga bog‘liq bo‘lsa kerak. Zero, futbolda iqtidorlarning o‘zi bilan ish bitmaydi. Muvaffaqiyat uchun hammasi uyg‘unlashishi kerak.

- Kot-d~Ivuar futbolining yana bir yorqin namoyandasi - Yaya Ture haqida nima deya olasiz?

- O, Yayani ta’riflashga til ojiz. Aynan Ture va Drogba barchamiz uchun chinakam namuna edilar. Qoyilmaqom futbolchilar. Ular bejiz APL tarixidagi eng buyuk o‘yinchilar qatoriga kirishmagan. Har ikkisi bilan har qancha faxrlansak, shuncha oz.

- Xo‘sh, terma jamoaning bugungi holati qanday?

- Tarkibimizda iqtidorli yigitlar yetarli. Asosiysi, mamlakatimizda odamlar futbolni juda yaxshi ko‘radilar. Demakki, bolalar futbol bilan shug‘ullanaveradilar va yangi-yangi nomlar chiqishiga ishonaman.

- Mamlakatingizdagi iste’dodli yigitlarga qanday maslahat berasiz?

- Ular Yevropaga kelib, o‘z salohiyatlarini ko‘rsatishdan cho‘chimasliklari kerak. O‘z navbatida, yosh iqtidorlarga shunday imkoniyat beradigan tizim yaratish ham muhim. Bizda yosh yigitlar bor kuch bilan shug‘ullanishdan qochmaydilar. Shunday yondashuvni oxirigacha ushlasalar, kun kelib xuddi men, «Arsenal»dagi Nikolya Pepe yoki Uilfrid Zaa kabi Angliyada o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishlari tayin.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:15, 02.04.2022.
O'qildi: 1402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.