Fransiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan «Sent-Etyen» – «Marsel» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv kuchli qor yog‘ishi sababli shanbadan yakshanba kuniga ko‘chirildi. Bu haqda Liga 1 matbuot xizmati xabar berdi.
Bunday qarorga Liga 1 rahbariyati har ikki klub vakillari bilan uchrashuvdan so‘ng keldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda «Marsel» Fransiya chempionatida eng yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda. «Sent-Etyen» esa ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda.