Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yashavor, Yaziji!

Yashavor, Yaziji!

Baho:
+ | -

Rossiya chempionati tarixida biror legioner boshidan Yusuf Yazijidek samara ko‘rsatgan emasdi. Qishda Moskvaning SSKA klubi safiga qo‘shilgan turk yarim himoyachisi dastlabki 4ta o‘yinda 6ta gol urdi! Qoyilmaqom start! «Harbiylar» 20 mart kuni «Rubin»ni qabul qilib, 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi - gollar shousini aynan Yusuf Yaziji ochib berdi va yopdi. Orada yana bir gol va «xet-trik» naqd!

Yaziji avvaliga to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi, ikkinchi bo‘limda yaqin masofadan mo‘ljalni aniq oldi, yakunda penaltidan foydalandi. SSKA Yusufni yanvar oyi o‘rtalarida «Lill»­dan ijara kelishuvi asosida oldi. Qarangki, u bir nafasda rus futbolini zabt etishga kirishdi. Har holda, chempionatdagi 4ta o‘yin­da 6ta gol urishdan tash­qari, kubok turnirida ham 2 marta o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi. Umuman olganda, Rossiya elit ligasi tarixida biror legioner dastlabki 4ta o‘yinida ketma-ket gol urgan emasdi. Demakki, turkiyalik yarim himoyachi qisqa vaqtda rekordchiga aylandi-qo‘ydi. Boz ustiga, SSKA tarixida biror futbolchi bunday yorqin debyut qayd etmagandi.

Xorijliklar orasida Ros-siya chempionatidagi yurish-ni gollar seriyasi bilan bosh-lash bo‘yicha rekord natija senegallik Ablay Mbengga tegishli edi. U Grozniyning «Axmat» klubi safida dast­labki 3ta o‘yinda gol quvonchini tuygandi. Eng qizig‘i, Mbeng jamoa safiga qo‘shilgach, avvaliga naq 8ta o‘yinda zaxirada o‘tirgan va shundan so‘ng qatorasiga 3 turda gollar seriyasini qayd etgandi. U bu orada jumladan, «Spar-tak»ka qarshi bahs(4:2)da «dubl»ga erishgan va buning uchun Checheniston rahbari Ramzan Qodirovdan katta sovg‘a olgan - Toyota Corolla avtomobili. Nazariy jihatdan qarasak, «Lokomotiv»ning yangi vakili Vilzon Izidorda ham hali Yaziji natijasini takrorlash imkoniyati bor. Har holda, fransiyalik futbolchi «temiryo‘lchilar» libosidagi ketma-ket 3ta o‘yinda gol urdi. Demak, hozir RPLda ikki nafar faol debyutant-legioner bor.

Qiziq, RPLda afsona darajasiga ko‘tarilgan futbolchilar yurishni qanday boshlashgan? Mana, ba’zi nomdor legio­nerlarning dastlabki 4ta o‘yindagi natijalari: Kevin Kurani - 3ta gol, Vagner Lav va Seydu Dumbiya - 2tadan gol, Xalk, Sardor Azmun, Danni va Velliton - 1ta gol. Kvinsi Promes dastlabki 4ta uchrashuvda gol urishni eplamagan bo‘lsa, braziliyalik Jo debyutni «quruq» o‘tkazib, ikkinchi o‘yinda «Shinnik» darvozasiga 4ta gol «qamagan». Shuning hisobiga unda dastlabki 4ta bahsda 6ta gol yig‘ilgan.

Ma’lumot uchun, Yazijining ijara kelishuvi muddati mavsum oxirigacha mo‘ljallangan, ammo SSKA bosh direktori Roman Babayev allaqachon uning transferini to‘liq sotib olishga harakat boshlanganini ma’lum qildi. Zero, «armiyachilar» endi ravon yo‘lga tushib olishdi - RPLda ketma-ket 6ta g‘alaba, umumiy gollar nisbati - 14:2. Turk futbolchisining agenti Adem Chebejining aytishicha, Yaziji ham g‘oyat mamnun:

«Agar Yusuf Yevropaning katta klubiga o‘tishni istasa, buni aynan SSKA orqali amalga oshiradi. Chunki Moskva klubi odamlarga haqiqiy Yazijini ko‘rish imkoniyatini berdi. Deylik, Berezuskiy mijozimga qattiq ishonadi. Asosiysi, Yusuf SSKAni yaxshi ko‘rib qoldi, u bu yerda baxtiyor. Bosh murabbiy futbolchiga to‘liq ishonch bildirmoqda, u bunga o‘z o‘yini bilan javob bermoqda - ajoyib. Futbolda SSKAdagidek ijobiy muhitni har doim ham topish qiyin...».

RPL: golli seriya bo‘yicha eng yaxshi start olgan legionerlar

 №        Futbolchi                   Mamlakati      Natija

1.   Yusuf Yaziji          Turkiya             4 ta o‘yin (6ta gol)
2.   Ablay Mbeng         Senegal                       3ta o‘yin (4ta gol)
3.   Vilzon Izidor    Fransiya                      3ta o‘yin (3ta gol)

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:30, 02.04.2022.
O'qildi: 2301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.