Sport gimnastikasi bo‘yicha Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogining so‘nggi bosqichi hamyurtimiz Dildora Oripova uchun ham omadli yakun topdi.
U erkin dasturda 12,866 ball jamg‘ardi va bu natija unga bronza medalini taqdim etdi.
Oldinroq afsonaviy sportchimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash mashqida oltin medal hamda Jahon kubogini qo‘lga kiritgan edi.